Microsoft ta’limiy Surface Laptop gadjetini taqdim qildi

Microsoft ta’limiy Surface Laptop gadjetini taqdim qildi

Microsoft kompaniyasi 2 may kuni Nyu-Yorkda Surface turkumiga kiruvchi yangi noutbukini taqdim qildi. 13.5 dyuymli ekranga ega gadjet asosan ta’lim olishga mo‘ljallangan. Surface Laptop devaysi bozordagi Chromebook turiga mansub gadjetlari bilan raqobat qiladi. Bu noutbuk planshetga aylanmaydigan ilk Surface kompyuteri hisoblanadi. Avval taqdim etilgan Surface’lardan farqli ravishda, mazkur laptopning korpusi buklanuvchi mexanizmga ega emas va ko‘rinishidan an’anaviy noutbukni eslatadi.

Piksel sig‘imi bir oz kamayganini hisobga olmaganda, yangi Surface avvalgi oiladoshlariga o‘xshab ketadi. Jumladan, 13.5 dyuymli displeyning piksellar sig‘imi Full HD (1080p). ‘PixelSense’ texnologiyasidagi sensor displeydan bir vaqtning o‘zidan bir necha kishi foydalanishi mumkin. Noutbuk Surface Pen stilusini qo‘llab-quvvatlaydi. Noutbuk Windows 10 S operatsion tizimida faoliyat olib boradi.

Devays kuchli Core i7 yoki Core i5 protsessoriga,1 terabayt sig‘imli doimiy xotiraga, to‘liq quvvat bilan 14.5 soatga yetadigan akkumulyatorga, Dolby Premium audio tizimiga ega. Surface Laptop korpusida 1 ta USB-A porti mavjud.

Metall korpusli laptopning dizayni juda hashamdor. Microsoft’ning ma’lum qilishicha, korpus qalinligi 14,5 mm hamda vazni 1,5 kg bo‘lgan bu noutbuk Apple noutbuklaridan yupqa va yengil, shuningdek 13 dyuymli MacBook Pro’dan 50% tezroq ishlaydi. Shuningdek, 14.5 soatga yetadigan “quvvat toshi” bilan ham raqibini mag‘lub qiladi. Shu bilan birga, Microsoft qurilmasida quvvatni tejaydigan maxsus rejimni ham tatbiq qilgan.

Surface Laptop kutilganidan arzon, ya’ni $999 (Core i5, 4 GB “operativka”, 128 gigabaytli doimiy xotira) dollardan boshlab sotilmoqda. Unga avvaldan buyurtma berganlar noutbukni 15 iyundan boshlab oladilar. Garchi, u Surface Book’dan arzon bo‘lsa ham, texnik jihatlari ham shunga yarasha.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!