Microsoft Word dasturi yanada aqllilashadi

Microsoft Word dasturi yanada aqllilashadi

Microsoft Word dasturiga taxminiy matn funksiyasi tez orada qo‘shiladi. U foydalanuvchi yozmoqchi bo‘lgan matn uchun kerakli bo‘lgan so‘zlarni chiqarib beradi.

O‘QING: 2x 16GB va 4x 8GB operativ xotiralarning o‘yindagi tezligi taqqoslab ko‘rildi

Office Insider veb-saytida Microsoft'ning ushbu funksiyasi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Taxminiy matn funksiyasi Word hamda Outlook dasturlariga kiritiladi hamda foydalanuvchi yozayotgan matnni taxmin qilishga harakat qiladi.

Ushbu yangi funksiya hech qachon foydalanuvchining yozayotgan matnini nazorat qilmaydi. Agar funksiya taqdim etayotgan so‘z to‘g‘ri bo‘lsa, “Tab“ tugmachasini bosib avtomatik tarzda matni to‘ldirish mumkin. Agar so‘z xato bo‘lsa, “Escape“ tugmachasini bosib uni o‘chirib tashlash mumkin. Ushbu funksiyasini kompyuterlarda sinab ko‘rish mumkin, biroq uning to‘liq versiyasi hali taqdim etilmagan.

Taxminiy matn funksiyasi Version 2010 Build 13301.20004 yoki undan keyingi versiyalarda ishlaydigan Windows Beta Channel foydalanuvchilarining 50% uchun mavjud. Shuningdek, ushbu funksiya Microsoft 365 Business Basic, Microsoft 365 F3, Microsoft 365 A1'dan tashqari, Microsoft Word 365 SKU dasturlarida ishga tusha boshlaydi.

Shimoliy Amerkada Outlook dasturidan foydalanadiganlar hozirdan boshlab bu funksiyadan foydalanishni boshlashlari mumkin.

Odamlar Outlook va Word dasturlarida taxminiy matnni qanday qabul qilishlarini ko‘rish qiziq bo‘ladi. Microsoft, sun’iy intellekt foydalanuvchi yozayotgan so‘zini aniq taxmin qila oladi deb ta’kidlamoqda.

Avval ham Google kompaniyasi Gmail ilovasiga ham taxminiy matn funksiyasini kiritgan edi. Ammo funksiya foydalanuvchilarning yozishmalarini o‘rganib olayotgani uchun ko‘pchilik ushbu funksiyani o‘chirib qo‘ygan edi.

O‘QING: Windows 11 Pro hamda Windows 11 Home orasida qanday farqlar bor?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!