Microsoft “Xbox 360” pristavkasi hayotini yashab bo‘lganini ma’lum qildi

Microsoft “Xbox 360” pristavkasi hayotini yashab bo‘lganini ma’lum qildi

Xbox 360 video o‘yinlar pulti 2015 yilning noyabrida 10 yoshga to‘lgan edi. Shu davr mobaynida juda ko‘p miqdorda bu turdagi o‘yin pristavkasi sotildi va bundan keyin kompaniya uni ishlab chiqarmoqchi emas.

Microsoft kompaniyasining ma’lum qilishicha, Xbox 360 pristavkasini ishlab chiqarish yakunlangani bilan uning uchun zarur xizmatlarni ko‘rsatish davom etadi va bu qurilma foydalanuvchilari ulardan foydalanishlari mumkin.

Bu turdagi pristavkalarni uning yangi avlodi Xbox Live bilan ham birga o‘ynash, onlayn do‘konlardan uning uchun elektron o‘yinlar sotib olish mumkin bo‘ladi.

Qayd etilishicha, uzoq vaqt mobaynida elektron o‘yin ixlosmandlari tomonidan foydalanilgan ushbu pristavkada 78 milliard soatlik o‘yin o‘ynalgan.

Kompaniyaning bugun ommalashgan, 2013 yilda taqdim qilingan Xbox One elektron o‘yinlar konsolida ayni kunda 360 ta video o‘yinlarni o‘ynash mumkin. Ayni kunda qurilmaning 500 GB xotiraga ega talqini Amazon internet do‘konida 299 AQSh dollaridan sotilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!