Microsoft yangi versiyadagi Surface Book 2’ni taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  612
  •  01.04.2019 17:18

Microsoft yangi versiyadagi Surface Book 2’ni taqdim etdi

Bizda ko‘proq o‘zining dasturiy ta’minot mahsulotlari bilan tanilgan Microsoft kompaniyasi turli gadjetlar ham ishlab chiqarishidan xabaringiz bor. Shulardan biri – ham planshet, ham noutbuk bo‘la oluvchi Surface Book hisoblanadi.

O‘QING: Microsoft Surface Book i7 – yangi innovatsion gibrid

Ushbu gibrid planshetning ikkinchi avlodi – Surface Book 2 modelini Microsoft yangi versiyada namoyish qildi. Endi uning 13,5 dyuymlik, sakkizinchi avlod to‘rt yadroli Intel Core i5-8350U protsessoriga ega talqini ham chiqdi.

Yangi devays 8 gigabaytlik tezkor va 256 gigabaytlik doimiy xotiraga ega. Bir so‘z bilan aytganda, uning faqat protsessori almashgan, ammo shuning o‘ziyoq Surface Book 2 samaradorligiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Yangi konfiguratsiyali gibrid planshet allaqachon AQSh hududida 1499 dollardan sotila boshlagan. Uning yettinchi avlod Intel Core protsessorli versiyasi esa 1299 dollargacha arzonlashtirilgan.

Microsoft shu yilning 17 aprelida Surface’larga bag‘ishlab Nyu-Yorkda maxsus matbuot anjumani o‘tkazishni rejalashtirgan.

O‘QING: Microsoft o‘zining Surface Go plansheti reklamasida Apple iPad’ni masxara qildi! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!