Mikroto‘lqinli pechda nimalarni isitish mumkin emas?

Mikroto‘lqinli pechda nimalarni isitish mumkin emas?

1945 yil 8 oktyabrda mikroto‘lqinli pech patentlandi. O‘shandan buyon tezkorlik bilan taom tayyorlash yoki isitish imkoniyatiga egamiz. Ammo ba’zi narsalarni mikroto‘lqinli pechga qo‘ymagan ma’qul. Bular haqida «AiF» batafsil ma’lumot berdi.

Metall idishlar

Metall idish mikroto‘lqinlarni o‘tkazmaydi, u pechni buzgani qoladi, xolos. Yagona istisno — ochiq alyuminiy taglik, unda ovqat isitish mumkin.

Shuningdek, xrustal idishni ham bunday pechga qo‘yib bo‘lmaydi (uning tarkibida metallar — qo‘rg‘oshin, kumush bor), yengil shisha idish esa pechda erib ketishi mumkin.

Rasmli idishlar

Gap shundaki, idishlarga rasm chizishda ishlatiladigan bo‘yoqlarda ko‘pincha metallar mavjud bo‘ladi.

Germetik idishlar

Ovqat tayyorlash va isitishda plastik konteynerlar qopqog‘ini ochib qo‘ying. Mahsulotlarni germatik o‘ramda mikroto‘lqinli pechga solib bo‘lmaydi.

Qobiq ichidagi yeguliklar

Xom tuxum (qobiqli), konserva bankasi (ochig‘ini ham, yopig‘ini ham) mikroto‘lqinli pechda pishirib yoki isitib bo‘lmaydi.

Qatiq mahsulotlari

Mikroto‘lqinli pechda isitish chog‘ida ularning tarkibidagi foydali bakteriyalarga zarar yetadi, qatiqning o‘zi esa tvorogga aylanib qoladi.

Folga va oziq-ovqat plyonkasi

Taomlarni ularga o‘ragan holda isitib bo‘lmaydi. Sababi, folga — metall bo‘lgani uchun mikroto‘lqinlarni o‘tkazmaydi, plyonka esa shunchaki erib ketadi.

Asal

Mikroto‘lqinli pechda asal o‘z foydali xususiyatlarni shu ondayoq yo‘qotadi.

Tovuq va qo‘ziqorin

Ko‘p miqdorda oqsilga ega bo‘lgan mahsulotlarni mikroto‘lqinli pechda qizdirish tavsiya etilmaydi. Avstraliyalik olimlar bunda oqsil molekulalari duxovka yoki tovada isigandagiga nisbatan tezroq parchalanishini isbotladi.

Manba: Daryo.uz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!