Milliy elektron pochta xizmati uMail.uz 3 yoshga to‘ldi

Milliy elektron pochta xizmati uMail.uz 3 yoshga to‘ldi

2016 yilning 15 may kuni uMail.uz pochta xizmati ishga tushganiga uch yil to‘ldi. Bu haqda «InfoCom.uz» «Daryo»ga xabar berdi, deb yozmoqda Daryo.Uz.

umail.uz_

2013 yilning 16 iyun kuni pochta xizmatining o‘zbek tilidagi versiyasi ishga tushgandi. 2014 yilning fevralida uMail.uz pochta qutisiga elektron pochta kelganligi haqida xabardor qiluvchi bepul SMS-xabarlar servisi ish boshladi.

2013 yilning oxirida unda 24 mingta, 2014 yilning oxiriga kelib esa 129 mingta pochta qutisi ro‘yxatdan o‘tgan. 2016 yil 12 may holatiga ko‘ra, 334 681 ta pochta qutisi yaratilgan bo‘lib, ulardan talabalar, davlat organlari xodimlari, tadbirkorlar, pensionerlar va aholining boshqa qatlamlari foydalanib kelmoqda.