Milliy ilova: Gifty.uz

Milliy ilova: Gifty.uz

Sovg‘a olishni yoqtirmaydigan odam bo‘lmasa kerak va insonga sovg‘a berib, quvonch ulashishning ham o‘z gashti bor. Biroq sevimli va qadrli insonlarga sovg‘a tanlash har doim ham oson kechavermayli. Chunki sovg‘a uning didiga mos bo‘lishi katta ahamiyatga ega.

Shu borada muammmo bo‘lsa, sizga milliy ilova— Gifty.uz ko‘mak berishi mumkin. Dastur mualliflarining aytishicha, Gifty.uz — bu takrorlanmas buyum va sovg‘alar, qo‘l ishlari (xendmeyd) va antiqa mahsulotlar maydoni.

Mazkur joydan O‘zbekistonning eng yaxshi ustalari yasagan go‘zal hunarmandchilik namunalarini ham topish mumkin. Shuningdek, kiyim-kechaklar, suvenirlar va taqinchoqlar, u jixozlari, sumka va boshqa buyumlar ham mavjud.

Buning ustiga Gifty.uz da narxlar arzon va hech qanday dallollar yo‘q. Mazkur ilovani iOS va Android tizimiga ega qurilmalarga yuklab olishingiz mumkin, deb yozadi mobinfo.uz.