Milliy televideniye rivoji uchun qanday takliflaringiz bor?

Milliy televideniye rivoji uchun qanday takliflaringiz bor?

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha maxsus so‘rov tashkil qilmoqda, deb yozadi Qalampir.uz.

Mavjud kamchiliklarni tanqidiy tahlil qilib, shuningdek, xorijiy tajribani yaqindan o‘rgangan holda, teleradiouzatish tizimining samaradorligini tubdan oshirish yuzasidan asosli takliflar ishlab chiqish maqsadida O‘zbekiston teleradiokompaniyasi faoliyatini o‘rganish bo‘yicha komissiya tashkil etilgan.

Milliy teleradiokompaniya o‘z faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha fuqarolarni ishlab chiqilayotgan chora-tadbirlarga kiritish uchun takliflar bilan hamkorlik qilishga chaqiradi.

Sizning har bir taklifingiz komissiyaga ko‘rib chiqish uchun taqdim qilinadi.

Takliflarni maxsus so‘rovnomani to‘ldirish orqali berishingiz mumkin.

Bobur Jalolov
Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!