Millionlab Xiaomi smartfonlari egalarining yana omadi kelmadi

  •   DiMaX
  •  3740
  •  26.01.2018 10:16

Millionlab Xiaomi smartfonlari egalarining yana omadi kelmadi

2017 yil yakunida Xiaomi o‘zining Mi A1 smartfoni uchun Android 8.0 Oreo operatsion tizimining yakuniy proshivkasini taqdim etgan edi. Ammo bu modeldagi ko‘pchilik qurilmalarda yomon ishlayotgani sababli kompaniya mazkur proshivkani tarqatishni to‘xtatib qo‘ygan, keyinroq kamchiliklarini bartaraf etib, qayta taqdim qilgan edi.

O‘QING: Xiaomi xatosidan millionlab smartfon xaridorlari jabr ko‘rmoqda

Biroq kuni kecha ma’lum bo‘lishicha, Mi A1 modeli uchun taqdim etilgan yangi Android 8.0 Oreo proshivkasi ham barqaror emas ekan. Unda yana bir qancha muammolar aniqlangan bo‘lib, shu sababli korporatsiya bu tizimni tarqatishni tag‘in to‘xtatib qo‘ydi. MIUI rasmiy forumida Xiaomi xodimining ta’kidlashicha, operatsion tizimdagi yangi muammolarni bartaraf etish uchun bir necha kun vaqt kerak bo‘ladi.

Aytish kerakki, o‘tgan gal bunday ishga uch kun sarflangan edi.

O‘QING: Qay birini olsam ekan: Xiaomi Mi A1 yoki Nokia 6 (2018)?

Shu tariqa, o‘z smartfonini Android 8.0 Oreo tizim talqinigacha yangilagan Xiaomi Mi A1 egalariga havas qilib bo‘lmaydi. Birinchi martasida foydalanuvchilar devaysning ishlash tezligi pasaygani hamda batareya quvvatining tez tugab qolishidan shikoyat qilishgan bo‘lsa, hozirgisida jiddiy muammolar mavjud. Ular sababli telefon vaqti-vaqti bilan qotib qolishi, ba’zan esa o‘chib qolishi ham kuzatilmoqda.

Nima ham derdik, MIUI ishlab chiquvchilari millionlab Xiaomi xaridorlarining ishonchini oqlashidan umid qilamiz-da endi.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari bunchalik ommabopligining 5 sababi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!