Minsklik xaridor iPad’ni 3 xalta 50 tiyinlik chaqaga xarid qildi

Minsklik xaridor iPad’ni 3 xalta 50 tiyinlik chaqaga xarid qildi

Belarusiya poytaxti bo‘lmish Minsk shahrida yashovchi xaridor 19 aprel kuni shahardagi i-Store do‘konidan 4G aloqa tarmog‘ida ishlaydigan iPad (2017)’ning 128 GB doimiy xotira talqinini xarid qilgan. Buning uchun u o‘zi bilan 1439 belorus rublini, ya’ni 770 AQSh dollariga teng mablag‘ni naq 3 xalta tanga chaqalarda ko‘tarib keldi. Bu chaqalarning aksariyati 50 tiyinlik, 1 hamda 2 rubllik nominallar bo‘lgan.

“Olma” gadjetining noyob usulda xarid qilinishi xususida 42.tut resursi ma’lum qilmoqda.

Do‘kon sotuvchisining ma’lum qilishicha, voqeadan bir oy avval minsklik yosh oila do‘konga kirib, uyida to‘planib qolgan yirik miqdordagi tanga-chaqalarga gadjet xarid qilishi mumkinmi, yo‘qmi aniqlashtirib ketgan bo‘lgan.

«Va’damga muvofiq, mana tangalarni olib keldim», degan bir muddat o‘tib do‘konga qaytib kelgan oila boshlig‘i va stol ustiga 3 xalta tangani qo‘ygan. Tangalarni hisoblab chiqishi uchun sotuvchiga 20 daqiqa vaqt kerak bo‘lgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!