Mishustinning birgina so‘zidan so‘ng «Yandeks» aksiyalari tarixiy maksimumdan oshib ketdi

  •   DiMaX
  •  1879
  •  17.01.2020 12:43

Mishustinning birgina so‘zidan so‘ng «Yandeks» aksiyalari tarixiy maksimumdan oshib ketdi

Rossiyaning yangi bosh vaziri bo‘lishga nomzod Mixail Mishustinning kuni kecha «Yandeks»ni qo‘llab-quvvatlashini aytib o‘tdi. Shundan so‘ng kompaniyaning Moskva birjasidagi kotirovkalari 5,5 foizga qimmatladi, deb yozadi Sof.uz.

O‘QING: Yandeks haqida qiziqarli faktlar

Mishustin aniq nima qilishi haqida aytmagan: axborot agentliklari uning Davlat Dumasidagi Kommunistik partiya fraksiyasi bilan uchrashuv chog‘ida aytgan bayonotida tayanib yangilik tarqatgan.

«U «Yandeks»ni maqtadi va uni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi», – deb yozadi Kompartiya Markaziy qo‘mitasi kotibi Sergey Obuxov o‘zining Telegram-kanalida.

 Mishustin uchun raqamli xizmatlar mavzusi begona emas: 10 yil Federal soliq xizmati rahbari bo‘lib ishlaganda tizimni mumkin qadar «raqamlilashtirgan».

Avvalroq Dumada muhokama qilingan birgina qonun loyihasi tufayli «Yandeks» 1,5 milliard AQSh dollari miqdorida zarar ko‘rgan edi. Endi 5,5 foizga qimmatlashuv esa ushbu IT-shirkat uchun yangi tarixiy rekorddir, deyiladi xabarda.

O‘QING: «Yandeks»ga qarshi Alisher Usmonov, German Gref va Sergey Chemezov birlashdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.