MIT.UZ – 2016: Milliy Internet tanlovi natijalari bilan tanishamiz

MIT.UZ – 2016: Milliy Internet tanlovi natijalari bilan tanishamiz

O‘tgan haftaning oxirida, aniqrog‘i 17 dekabr kuni  yoshlar orasida o‘tkazilgan MIT.UZ  – Milliy Internet tanlovining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. “Yoshlar haftaligi” doirasida tashkil etilgan mazkur marosimda o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘z loyihalari bilan ishtirok etdilar.

MIT.UZ tanlovi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi, Madaniyat va sport ishlari Vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va Milliy teleradiokompaniya hamkorligida o‘tkazildi.

Ishtirokchilar 9 ta asosiy va 6 ta qo‘shimcha nominatsiyalarda bellashishdi. G‘oliblarga diplom, MIT.UZ belgisi tushirilgan sovrin va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Taqdirlash marosimi ko‘tarinki kayfiyatda o‘tganini alohida e’tirof etish lozim.

terabayt.uz sayti “Eng yaxshi yangiliklar sayti” nominatsiyasida ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Quyida barcha nominatsiyalar g‘oliblari bilan tanishishingiz mumkin:

Asosiy nominatsiyalar:

“O‘zbekistonning boy madaniyati va san’ati, tarixi hamda istiqlol g‘oyalari va ma’naviy qadriyatlari aks etgan eng yaxshi sayt” nominatsiyasi

2-o‘rin: shosh.uz

2-o‘rin: sohibqiron.uz

“Mahalla, qishloq va shaharlardagi farovon hayot aks etgan eng yaxshi sayt” nominatsiyasi

2-o‘rin: tashrif.uz

3-o‘rin: samarkandcity.uz

“O‘zbekistonning sayyohlik hamda iqtisodiy salohiyati aks etgan eng yaxshi sayt” nominatsiyasi

 1-o‘rin: kommersant.uz

2-o‘rin: uzagroexport.uz

3-o‘rin: khorezmiy.uz

Eng yaxshi yangiliklar saytinominatsiyasi

1-o‘rin: tafsilot.uz

2-o‘rin:  terabayt.uz

3-o‘rin: telegraf.uz

“Sog‘lom ona va bola yili” mazmuniga doir eng yaxshi sayt” nominatsiyasi

1-o‘rin: uzbaby.uz

2-o‘rin: bolajonim.uz

3-o‘rin: ayol.uz

“Davlat boshqaruvi sohasidagi eng yaxshi sayt” nominatsiyasi

 1-o‘rin: MVD.uz

2-o‘rin: uzedu.uz

3-o‘rin: legprom.uz

“Fan va ta’lim sohasidagi eng yaxshi sayt” nominatsiyasi

 1-o‘rin: mylingvo.uz

2-o‘rin: englishlife.uz

3-o‘rin: texnoman.uz

“Tibbiyot sohasidagi eng yaxshi sayt” nominatsiyasi

 1-o‘rin: askdoctor.uz

2-o‘rin: sitash.uz/pharma

3-o‘rin:  vitamed.uz

“Davlat tilidagi eng yaxshi sayt” nominatsiyasi

mulohaza.uz

Qo‘shimcha nominatsiyalar:

“Ikki tilda yaratilgan eng yaxshi sayt” nominatsiyasi – kruz.uz

“Sport sohasidagi eng yaxshi sayt” nominatsiyasi – offside.uz

“Eng yaxshi sayt dizayni” nominatsiyasi – kids.gov.uz

“Eng yaxshi shaysiy blog” nominatsiyasi – ertak.uz

“Mobil aloqa vositalari uchun mo‘ljallangan eng yaxshi sayt yoki qo‘shimcha dastur” nominatsiyasi – askdoctor.uz

“Tarmoq servislari sohasidagi eng yaxshi sayt” nominatsiyasi – kassa.uz

Marosimda, shuningdek, “MIT.uz-2016” tanlovi doirasida o‘tkazilgan MIT.uz Open Data Challenge”, “MIT.uz Programming Contest”, “MIT.uz Robot Wars” loyihalarining g‘oliblari ham taqdirlandi.

Asosiy va ko‘shimcha nominatsiyalar, shu bilan birga, “MIT.uz-2016” tanlovi doirasida o‘tkazilgan MIT.uz Open Data Challenge”, “MIT.uz Programming Contest”, “MIT.uz Robot Wars” loyihalarining g‘oliblari bilan batafsil “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining rasmiy saytida tanishib chiqish mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!