Mobil operator Sizga quyidagi axborotlarni bepul taqdim etadi

Mobil operator Sizga quyidagi axborotlarni bepul taqdim etadi

O‘zbekistonda mobil operatorlar tomonidan ko‘rsatiladigan bepul xizmatlar ro‘yxati aniqlandi. Ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida e’lon qilingan operatorlar uchun yangi qoidalarda taqdim etilgan. 1 iyulga qadar davom etadigan muhokamalardan so‘ng, o‘z abonentlariga quyidagi axborotlarni taqdim etish mobil operatorlar uchun majburiy bo‘ladi:

1) mobil aloqa tarmoqlarida abonent qurilmasidan foydalanish imkoniyati to‘g‘risida;

2) ko‘rsatilayotgan xizmatlarning ro‘yxati, shuningdek ularni ko‘rsatish tartibi va shartlari o‘zgarganligi to‘g‘risida;

3) xizmat ko‘rsatish zonasi o‘zgarganligi to‘g‘risida;

4) xizmatlarga tariflar o‘zgarganligi to‘g‘risidayangi tariflar joriy qilingunga qadar kamida 10 kun oldin;

5) operatorning xizmat ko‘rsatish punktlari ish rejimi o‘zgarganligi to‘g‘risida;

6) o‘z rekvizitlarining o‘zgarganligi to‘g‘risida;

7) SMS, shuningdek abonentlarning USSD so‘rovlariga USSD xabarlarni jo‘natish yo‘li orqali bepul yoki imtiyozli daqiqalar, SMS, Internet trafik va boshqa xizmatlarning tugaganligi to‘g‘risida.

SMS jo‘natish yoki abonentlar tomonidan operatorning call-center iga qo‘ng‘iroq qilish orqali batafsil axborot abonentlarga bepul taqdim etiladi.

Siz ham muhokamalarda ishtirok etib, hujjat loyihasini takomillashtirishga hissa qo‘shing.