Mobile Choice jurnali yilning eng yaxshi smartfonini e’lon qildi

Mobile Choice jurnali yilning eng yaxshi smartfonini e’lon qildi

Buyuk Britaniyaning Mobile Choice jurnali 2016 yilning eng yaxshi smartfonini e’lon qildi. Mutaxassislar va iste’molchilar tomonidan berilgan ovozlar natijasida Samsung Galaxy S7 Edge 2016 yilning eng yaxshi smartfoni deb topildi. Ushbu holat va natija Samsung brendi hali-hamon, Galaxy Note 7 bilan yuz bergan fiaskoga qaramasdan, jahon smartfon foydalanuvchilari tomonidan e’tirof etilishini  yana bir bor isbotladi.

Chindan ham, shu yilning boshida e’lon qilingan Samsung Galaxy S7 Edge ajoyib dizayn va kuchli texnik parametrlarga ega, Janubiy Koreyalik gigant mazkur gadjetga smartfon sanoatida yangilik bo‘lgan bir qator innovatsiyalarni ham joriy qilgan edi (IP68, Dual Pixel va boshqalar).

Eslatib o‘tamiz, Samsung Galaxy S7 Edge sakkiz yadroli Snapdragon 820/Exynos 8890 protsessorida ishlaydi, 5,5 dyuymli Quad HD ekran, 4 GB tezkor xotira va 12 MPli Dual Pixel texnologiyasidagi ilg‘or kameraga ega. Smartfonning barcha xususiyatlari bilan ushbu tavsifda tanishib chiqishingiz mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!