Mobile World Congress: Bir necha daqiqa ilgari Barselonada LG G5 taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Mobile World Congress: Bir necha daqiqa ilgari  Barselonada LG G5 taqdimoti bo‘lib o‘tdi

LG Electronics bugun Barselonada mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da o‘zining navbatdagi LG G5 smartfonini namoyish etdi.

“Hayot go‘zal, qachonki ko‘proq o‘yin-kulgi sen bilan bo‘lsa” shiori ostida o‘tgan taqdimot juda qiziqarli kechdi. U “LG va uning do‘stlari”ga boy bo‘ldi. Ya’ni, LG G5 bilan birgalikda qurilmaga va qurilmani o‘rnatish mumkin bo‘lgan, xalqaro axborot texnologiyalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan yangi aksessuarlar turkumi ham taqdim qilindi.

Mazkur taqdimot LG G5 smartfonlar hayotiga yangicha kelajak olib kelganini ko‘rsatmqoda. Qurilma boshqa smartfonlar ega bo‘lmagan, ajralib chiqadigan akkumulyatorga ega. Uni ajratib olib, o‘rniga boshqa gadjetlarni o‘rnatish orqali, smartfon yordamida vaqtni mazmunli tashkil etish mumkin.

Qurilma kutilganidek, Snapdragon 820 protsessori, 4 GB tezkor xotira, 2.800 mAs elektr toki sig‘imiga ega quvvat toshi – akkumulyator va  Android 6.0. operatsion tizimining LG UX 5.0 talqiniga ega.

Garchi tashqi dizaynda G5 juda nafis bo‘lmasa ham, uning “ichki olami” foydalanuvchilar diqqatini o‘ziga jalb qila oladi. Gadjetning QHD displey 5.3 dyuymli va 2560 x 1440 piksel sig‘imiga ega.

Ilgari taxmin qilinganidek, qurilmada ikkita 16 va 8 MP bosh kameralar mavjud va ular keng – 135 darajali burchak ostidagi suratlarni olish imkonini beradi. Ya’ni, bu inson ikkala ko‘zi bilan ko‘rib turgan manzara kengligidan ham kengroq. Smartfonning old kamerasi 8 MP.

LG G5 qora, kumush, tilla va pushti rangli korpuslarda sotuvga chiqariladi.

LG kompaniyasi tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma aprelning boshlarida sotuvga chiqadi.

Bizda taqdimotga oid yangiliklarni kuzatishda davom eting.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!