“Modellashtirishga asoslangan dasturiy injiniring sohasida ilg‘or usullar” workshop dasturi bo‘lib o‘tmoqda.

“Modellashtirishga asoslangan dasturiy injiniring sohasida ilg‘or usullar” workshop dasturi bo‘lib o‘tmoqda.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universitetining Urganch filialida “Modellashtirishga asoslangan dasturiy injiniring sohasida ilg‘or usullar” workshop dasturi bo‘lib o‘tmoqda.

Workshop “O‘zbekiston-Germaniya 2016” dasturining davomi sanalib, Germaniya federal ta’lim vazirligi ko‘magida tashkil etildi. Workshopdan ko‘zlangan maqsad – Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida ilmiy texnikaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Workshop dasturiga “Smart modeling” ya’ni “Aqlli modellashtirish” ilmiy loyihasi asosiy masala sifatida kiritilgan. Ushbu dastur TATU va Oldenburg universitetining dasturiy injiniring guruhi hamkorligi doirasidagi loyiha bo‘lib, hamkor oliygohlar ortasida tajriba almashuvini nazarda tutadi.

Workshop dasturida modellashtirish injiniringida ehtiyojga asoslangan rivojlanish texnikasi, usullari va ilmiy yangiliklari, aqlli modellashtirish texnikasi tatbiqi kiritilgan bo‘lib, ularni kelajakda intensiv dasturlash tizimlariga yo‘naltirish masalalari ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi.

ЎҚИНГ: «Huawei Uzbekistan» ҳақида сиз билмаган фактлар!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.