Moskvada elektrda qizitiladigan valenkalar paydo bo‘ladi

Moskvada elektrda qizitiladigan valenkalar paydo bo‘ladi

Tez orada Moskva shahrida “Oyoqlarni issiq saqlang” nomli loyiha ishga tushiriladi, deb yozmoqda Ferra nashri. Loyiha doirasida valenka ko‘rinishidagi maxsus art-ob’yektlar shahar parklari va ko‘chalariga o‘rnatiladi. Bunday valenkalarning birinchi jufti “Sokolniki” parkiga joylanishi ma’lum qilingan.

Valenka balandligi 40 sm bo‘lgan plastik karkasdan tashkil topgan. Tabiiyroq ko‘rinishi uchun unga qor zarralari shaklida bezak berilgan. Valenkalar ichiga parkning elektr tarmog‘iga ulangan qizitish elekmentlari joylashtiriladi. Erigan suv uchun valenka ostida maxsus rezervuar ko‘zda tutilgan. Shu bois oyoq kiyimni yechmay turib, valenkada isinib olish mumkin bo‘ladi.

Ushbu innovatsion valenkalar parkda mart oyining oxirigacha ishlaydi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!