Moskvaning butun yer usti transporti Wi-Fi’ga ulanadi

Moskvaning butun yer usti transporti Wi-Fi’ga ulanadi

2016 yil oxirigacha Moskvaning butun yer usti transporti – avtobus, tramvay va trolleybuslar bepul simsiz internet – Wi-Fi’ga ulanadi. Bu haqda “Mosgortrans” DUKga iqtibos keltirgan holda “Interfaks” axborot agentligi xabar bermoqda, deb Kun.Uz yozmoqda.

“Yangi xizmat yo‘lovchilar orasida ommaviylashmoqda. Mosgortrans_Free tarmog‘ida loyiha fevralda boshlangandan beri 250 mingdan ko‘proq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tdi, internet-sessiyalar miqdori milliondan oshib ketdi”, deb aytdi korxona bosh direktori Yevgeniy Mixaylov.

Korxona ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Moskvaning 4 mingdan ko‘proq transport vositasiga Wi-Fi ulangan. Yo‘lovchilar transportda Wi-Fi’ning borligini uning salonidagi maxsus ma’lumot nakleykasidan bilishlar mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!