Motiv uzugi parol o‘rnini bosadi

  •   Saroy
  •  456
  •  24.10.2018 10:29

Motiv uzugi parol o‘rnini bosadi

2017 yili savdoda Motiv aqlli uzuk paydo bo‘lgandi. U fitnes-treker funksiyasiga ega edi. Ushbu gadjet yaqinda yangilanishni boshdan kechirdi. Endi u yana ham foydaliroq qurilmaga aylangan. Gap shundaki, uni parol o‘rnida ham foydalanish mumkin.

Bunday uzuklar bilan saytlarda ikkifaktorli autentifikatsiya bilan mualliflashtirish jarayonida SMS orqali yoki maxsus ilovadan keladigan parolni kiritish shart bo‘lmaydi. Akkauntni tasdiqlash uchun amalga oshiriladigan  odatdagi harakat o‘rniga uzuk taqilgan qo‘lda maxsus harakatdan foydalansa bo‘ladi. Faqat bunda u kompyuter yoki smartfonga  Bluetooth orqali ulangan bo‘lishi lozim.

O‘QING: Lumzag – aqlli ryukzak: hamma buyum aqlli bo‘lib boryapti, navbat sumkaga

Uzuk doimo sohibining yurishini kuzatadi va ushbu ma’lumotlar asosida o‘ziga xos raqamli kodni yaratadi. Agar tizim harakatning o‘zgarganini sezib qolsa, demak uzuk o‘g‘irlangan yoki yo‘qotilgan bo‘lishi mumkin va mualliflashtirish funksiyasi qulflanadi.

Hozirda uzukdan Google, Twitter, Slack messenjerida va yana 16 ta servisda mualliflashtirish uchun foydalansa bo‘ladi.  Dasturchilar kelgusida uzuk FIDO2 protokolini to‘laqonli qo‘llab quvvatlash bilan to‘ldirilishini va’da qilishmoqda. O‘shanda ushbu uzuk bilan parollar haqida butunlay unutsa ham bo‘ladi.

Motiv uzugining narxi 199 dollar bo‘lib, u ayrim mintaqalarda allaqachon sotuvga chiqarilgan.

O‘QING: Podoon – aqlli yostiq: u insonning holatiga moslashadi