Moto G4: narx doirasida innovatsiya chegarasini kesib o‘tgan hamyonbop gadjet

Moto G4: narx doirasida innovatsiya chegarasini kesib o‘tgan hamyonbop gadjet

2016 yilda smartfon bozoridagi savdoda kuzatilayotgan pasayish kompaniyalarni endi rivojlanayotgan mamlakatlarning texnologiyalar bozoriga hamyonbop smartfonlar bilan kirib borishga undamoqda.

Jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan biri Motorola’ning 15 mayda taqdim etilgan navbatdagi smartfoni ham 244 AQSh dollari evaziga smartfon ishqibozlariga innovatsion qulayliklarni taklif qilmoqda.

Moto-G4

5.5 dyuymli Moto G4 go‘yoki planshet va smartfon gibridi bo‘lgan fabletni eslatadi. IPS turidagi displeyning piksellar sig‘imi 1920×1080 belgiga teng, ya’ni har dyuym kvadratda 404 piksel. Displey Gorilla Glass 3 himoya shisha qatlamiga ega.

“Aqlli telefon” Android 6 Marshmallow operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi.

Mobil aloqa vositasi 1.5 Ggs chastotada ishlaydigan 8 yadroli Snapdragon 617 bosh hamda  Adreno 405 grafik tasvir yordamchi protsessorlariga ega. Smartfon o‘z talqinidan kelib chiqib, 2/4 GB tezkor va 16/32 GB doimiy ichki xotiraga ega.

Garchi, hamyonbop bo‘lsa ham, Moto G4’ga o‘rnatilgan kameralar bilan sifatli suratlar olish mumkin. Tasvir barqarorligi, HDR kabi texnologiyalarga ega 13 MP bosh va 5 MP old kameralarda olingan quyidagi suratlarga siz ham baho bering.

6

Moto G4 smartfonining quvvat toshi – akkumulyatorning elektr sig‘imi 3000 mA soat. Unga Motorola’ning TurboPower tezkor quvvat olish texnologiyasi tatbiq qilingan. Bu texnologiya gadjetga 15 daqiqa ichida 6 soatlik quvvat olish imkoniyatini beradi.

Oq va qora korpusli talqinlarda ishlab chiqarilayotgan Moto G4 bo‘yiga 153 mm, eniga 77 mm bo‘lib, uning qalinligi 7.6 mm. Gadjet og‘irligi 155 gramm.

Smartfonning yana bir afzalligi unda barmoq izlari skaneri tizimi mavjud. Bu esa uni boshqa hamyonbop smartfonlardan ustunligini ta’minlaydi.

Ushbu quvvat yordamida yorqin ekranda 13 soat video ko‘rish mumkin. Bu bilan u shu turdagi smartfonlar orasida beqiyosdir.

U Moto G3 kabi suv o‘tkazmaydigan korpusli bo‘lmasa ham, Moto X kabi suv yuqtirmaydigan nano qoplamaga ega.

Yaqin kunlarda kompaniya tomonidan Moto G4’ning yanada innovatsion talqinini taqdim etish rejalashtirilmoqda.