Moto G6 oilasiga mansub smartfonlar may oyida sotuvga chiqarilishi mumkin

Moto G6 oilasiga mansub smartfonlar may oyida sotuvga chiqarilishi mumkin

Motorola'ning mashhur va uncha qimmat bo‘lmagan Gseriyasi yangi smartfonlar bilan to‘ldirilishi borasida bir necha oydan buyon gap-so‘zlar yuradi. So‘nggi vaqtlarda paydo bo‘lgan ma’lumotlar Moto G6 smartfoni keyingi oy o‘rtasida ikki qo‘shimcha talqin: G6 Play va G6 Plus bilan birga sotuvga chiqarilishi mumkin.

Bu boradagi yangi ma’lumotlarni o‘rganib ko‘rgan turli kuzatuvchilar va saytlar telefonlar bu vaqtdan ham oldinroq e’lon qilinishi mumkin, degan taxminni ilgari surmoqda.

Moto G6 qurilmasi sifat va texnik xususiyat jihatidan o‘rta sinfga mansub bo‘lishi kutilmoqda. U 18:9 nisbatdagi 5.7 dyumli displeyga ega bo‘ladi, piksellar zichligi 1080 dan biroz yuqori bo‘ladi. Unga 32 GBli ichki xotira, old tomoniga barmoq izi skanneri va qo‘shko‘z asosiy kamera o‘rnatilishi, taxmin qilinmoqda.

Uning tezligi Snapdragon 450 protsessori tomonidan ta’minlanadi. Akkumlyatorning tok sig‘imi 3,000 mAh. Hozircha uning sotuvdagi bahosi $250 ga teng bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Albatta ushbu narxga yuqori texnik xususiyatga ega qurilma sotib olish qiyin, lekin Motorola'ning G seriyasi doimo foydalanuvchilar tomonidan ijobiy baholab kelingan.

G6 bilan birga sotuvga chiqarilishi kutilayotgan Moto G6 Plus 5.93 dyumli 18:9 standart displeyga ega bo‘lishi va piksellar zichligi 1080 dan ancha yuqori bo‘lishi aytilmoqda. Hozirgi kunda bu qurilmaning texnik xususiyatlari haqida aniq ma’lumotlar yo‘q, lekin ba’zi kuzatuvchilarning ishonch bildirishicha, u bir necha tezkor xotira va 64 GBli ichki xotiraga ega bo‘ladi. Shuningdek, Moto G6 Plus'ga Snapdragon 630 protsessori o‘rnatilib, o‘z-o‘zidan uning tezligi va narxi standart G6'nikidan yuqoriroq bo‘ladi.

Moto G6 Play talqini esa uzoq vaqt quvvatlanishlarsiz smartfonda oddiy yumushlarni bajaruvchilar uchun mo‘ljallangan. Taxminlarga ko‘ra, uning akkumlyatori sig‘imi 4,000 mAh ga teng bo‘lib, standart foydalanishda ikki kunga bemalol yetadigan bo‘ladi. Ma’lumki, texnik xususiyat qancha yuqori bo‘lsa, qurilmaning quvvatga bo‘lgan talabi shuncha oshadi. Moto G6 Play'da Snapdragon 427 protsessori va atigi bitta kamera o‘rnatilgani akkumlyator quvvati bilan bog‘liq muammoni deyarli hal qilgan. U 5.7 dyumli displeyga ega bo‘lib, piksellar zichligi 1080 dan past bo‘ladi. Hozircha uning narxi $200 atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!