Moto Z3 Play tavsifi va Motorola’ning dasturiy afzalliklari ma’lum bo‘ldi

  •   Saroy
  •  1085
  •  22.05.2018 15:13

Moto Z3 Play tavsifi va Motorola’ning dasturiy afzalliklari ma’lum bo‘ldi

Moto Z lineykasida chiqadigan smartfonlarning yangi avlodi ma’lum bo‘ldi. Gap shundaki, Moto Z3 Play seriyasining yangi modeli haqidagi Lenovo’ning ichki hujjatlari ekspertlar qo‘liga tushgan.

Ushbu hujjatda yozilishicha, Moto Z3 Play  6-dyuymli AMOLED-displey Max Vision bilan jihozlangan. Tomonlari 18:9,  Full HD+ (2160x1080 pikseley)  bo‘lgani uchun romi anchayin kichraygan. Bularning barchasi 2.5D-shishali Gorilla Glass bilan yopilgan. Qurilmaning tezkorligini  sakkiz yadroli Snapdragon 636 protsessor ta’minlaydi, tezkor xotira, 4 gigabayt, ta’minlangan xotira  32 yoki 64 gigabaytli (albatta, versiyasiga qarab). microSD kartasi uchun slot mavjud.

Orqa tomonda Motorola apparatlariga xos bo‘lgan bo‘rtib chiqqan kamera. kompaniyaning ma’lum qilishicha, bu safar u 12-megapikselli  qo‘sh modul yorug‘lik yetarli bo‘lmagan joylarda ham yuqori sifatli surat oladi. Old  kamera 8 megapiksel. Qo‘l rejimi ham bor, turli badiiy effektlar va ob’yektni fotagrafiyadan qirqib olish imkoniyati ham bor. Bundan tashqari, kamera ilovasida hujjatlar va vizitkalar matnini o‘qish funksiyasi ham o‘rnatilgan.

Mazkur model o‘zining toifadoshlari orasida eng yupqa smartfon bo‘ladi, lekin ekspertlarning ta’kidlashicha,  kompaniya apparatning qalinligini oshirganda yanada quchliroq akkumulyator qo‘ysa bo‘lar edi.  Moto Z2 Play bilan solishtirganda,  batareya sig‘imi o‘zgarmagan va  3000 mAch standartida bo‘ldi.  TurboPower  tezkor zaryadka 30 daqiqada to‘liq faoliyatni ta’minlaydi.

Tafsilotda yozilishicha, korpus alyuminli, faqat romi metaldan bo‘ladi. Orqadagi shishali panelda Moto Mods modulini qo‘shish uchun aloqa maydoni bor. Barmoq izini skanerlash korpusning o‘ng qirrasiga o‘tkazilgan

Xabarda aytilishicha, Moto Z3 Play’ning taqdimoti yoz oylarining biriga mo‘ljallangan. Narxi haqida  hozircha xabar yo‘q. Avvalgi modeli 500 AQSh dollarga sotilgan edi.

O‘QING: Motorola'ning Moto G6 oilasi smartfonlari o‘z narxiga arziydimi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!