Motorola jahonning 2-modulli smartfonini tayyorlamoqda

Motorola jahonning 2-modulli smartfonini tayyorlamoqda

Motorola joriy yilda 2 ta Android smartfonlarni namoyish qilishni rejalashtirmoqda. LG’dan ilhomlangan kompaniyaning yangi smartfonlari modulli, ya’ni smartfon korpusiga ulab ishlatish mumkin bo‘lgan qo‘shimcha aksessuarlardan iborat bo‘ladi.

Moto X Vertex hamda Moto X Vector Thin smartfonlariga qo‘shimcha imkoniyatlar beruvchi qismlar LG G5’ning ostki qismidan ulansa, Motorola’da butun boshli orqa panel yordamchi gadjetlarni smartfonga ulashga xizmat qiladi.

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda stereo ovoz kuchaytirgich, qo‘shicha akkumulyator, optik yaqinlashtirish va qo‘shimcha fotochaqnoqli kamera, keng darajada suratga oluvchi ob’yektiv hamda proyektor kabi 6 ta birikuvchi qo‘shimcha gadjetlar tayyorlab qo‘yilgan.

Moto X Vector Thin smartfoni 5.5 dyuymli Quad HD AMOLED displeyi hamda Snapdragon 820 protsessori bilan ta’minlangan. Moto X Vertex gadjeti bo‘lsa nisbatan kuchsizroq Snapdragon 625 protsessori hamda 1080p HD displeyiga ega bo‘ladi. Vector Thin 16 MP hamda Moto X Vertex 13 MP bosh kameraga ega bo‘ladi.

Har ikkala smartfon orqa tomonida barmoq izlari skaneriga ega bo‘ladi.

Yanada ilg‘or bo‘lishi kutilayotgan Vector Thin smartfonining yupqaligi 5.2 mm, Moto X Vertex esa 7 mm bo‘ladi. Shunga ko‘ra, juda yupqa bo‘lgan Vector Thin elektr toki sig‘imi 2,600 mA soat bo‘lgan akkumulyatorga, Moto X Vertex esa 3,500 mA soat elektr toki sig‘imiga ega akkumulyator bilan ta’minlangan.

Ahamiyatli tomoni shundaki, qo‘shimcha vositalar metall korpusli smartfonlarning orqa paneliga magnit tizimi yordamida ulanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, smartfonlar 9 iyun kuni San-Fransiskoda o‘tadigan Tech World axborot texnologiyalari tadbirida namoyish etiladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!