Mozilla Firefox boshlang‘ich sahifasida reklama namoyish etilmaydi

Mozilla Firefox boshlang‘ich sahifasida reklama namoyish etilmaydi

Mozilla brauzeri dasturchilari foydalanish vaqtida qalqib chiqadigan reklamalardan voz kechishni mo‘ljallamoqda.

Avvallari foyda olish maqsadida reklama ko‘rsatilgan bo‘lsa, endi kompaniya bu pul ishlashning to‘g‘ri yo‘li emas, degan fikrga keldi. Kompaniya mo‘may mablag‘dan voz kechgan bo‘lsa-da, boshqa yo‘llar orqali tushumni oshirmoqchi.

Albatta, boshlang‘ich sahifadagi reklamadan uzil-kesil voz kechilgani xususida bayonot tarqatilmadi, biroq imkon qadar bu holat qaytarilmasligiga harakat qilishadi. Kompaniya mutaxassislari brauzerning kelgusi versiyalarida reklama bo‘lmasligi, uning o‘rnida foydalanuvchini eng ko‘p qiziqtirgan kontent joylashishini aytib o‘tishdi

Shuningdek, reklamani yo‘qotishdan tashqari “olovli tulki” brauzeri faoliyatini yaxshilash uchun bir qator o‘zgarishlar kiritiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.