Muhim kashfiyot: iPhone kalkulyatorida noto‘g‘ri terilgan belgini o‘chirish mumkin

  •   DiMaX
  •  2546
  •  04.05.2017 10:27

Muhim kashfiyot: iPhone kalkulyatorida noto‘g‘ri terilgan belgini o‘chirish mumkin

Ko‘pchilik bilmasa kerak, ammo iOS kalkulyatorida tasodifan noto‘g‘ri terilgan raqamni o‘chirish imkoni bor.

iPhone standart kalkulyatorida Backspace tugmachasi yo‘qligi ko‘pchilikning asabiga tekkan bo‘lishi shubhasiz. Ayniqsa, adashib boshqa raqamni terib yuborganlar buni yaxshi tushunishadi. Ammo shu noto‘g‘ri terilgan belgini o‘chirib tashlashga imkon beruvchi maxfiy amal bor ekan!

Xo‘sh, qanday o‘chiramiz?

Buning uchun ekrandagi o‘sha ifodalar maydonchasida silash harakati amalga oshiriladi. Agar o‘ngdan chapga silasangiz – u yerdagi oxirgi raqam o‘chiriladi, chapdan o‘ngga silasangiz – birinchi turgan raqamni o‘chirasiz.

Bitta silash bilan birgina raqam olib tashlanadi. Agar bir nechtasini o‘chirish kerak bo‘lsa, shunga yarasha ko‘p marta silashingizga to‘g‘ri keladi. Asosiysi – bunda klaviaturaga tegib ketmasangiz bas.

Mana, quyidagi videolavhada bu amalda ko‘rsatib berilgan:

 

Ushbu maxfiy imkoniyat iPhone egalariga kamida 2012 yilda taqdim etilgan. Ammo ishlab chiquvchilar negadir buni yashirin tarzda joylashgan va oshkor etishmagan. Shuning uchun uni ko‘pchilik bilmaydi; tasodifan topib olganlar esa boshqalarga aytib o‘tirishmagan – shunchaki bu funksiyani topish qiyin emas-ku, uni boshqalar ham bilsa kerak, deb o‘ylashgan.

Nima bo‘lganda ham, iPhone sohiblari endilikda kalkulyatorda biror raqamni noto‘g‘ri kiritib qo‘ygan taqdirda, jahl bilan S tugmachasini bosib, hammasini o‘chirib tashlab, hisob-kitobni boshidan boshlashlariga hojat yo‘q. Afsuski, ularning aksariyati mazkur funksiyadan shu paytgacha xabar topishmagan. Nima ham derdik, hechdan ko‘ra kech-da.