MUIC Innovatsion markazi direktori o‘zgardi

MUIC Innovatsion markazi direktori o‘zgardi

Farhod Ibragimov Mirzo Ulugbek Innovation Center Innovatsion markazi direktori lavozimini tark etdi. Uning o‘rniga Nodir Dehqonov tayinlandi. Bu haqda Gazeta.uz ma’lum qildi.

Markazni 2017 yil 1 dekabrdan buyon boshqarib kelayotgan Farhod Ibragimov noyabr o‘rtalarida lavozimini tark etgan, biroq MUIC mazkur axborotni rad etgan. Markazga Nodir Dehqonov direktor etib tayinlangan.

Ma’lumotda yozilishicha, markazda kadrlar tarkibi tarqatib yuborilgan, Farhod Ibragimov esa AKT vazirligi tuzilmasida ishlashni boshlagan. MUIC matbuot xizmati o‘zgarishlar yuzasidan izoh bermagan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 30 iyundagi farmoni bilan tashkil etilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Innovatsiya markazining maqsadi iqtisodiyot sohalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish, ilm-fan, ta’lim hamda ishlab chiqarish jarayonlarini markazlashtirish, axborot texnologiyalari mahsulotlari ishlab chiquvchilari va buyurtmachilariga qo‘shimcha imtiyozlar, preferensiyalarni taqdim etishdan iborat. Uning kelgusidagi rejalari noma’lum. Ayni paytda AKT vazirligi huzurida Hindiston bilan hamkorlikda Dasturlar va innovatsion mahsulotlar texnoparki tashkil etilmoqda.

O‘QING: O‘zbekistonliklar IT-mahsulot va yechimlarni qidirib topishga qaratilgan forumda qatnashadi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!