Mumbayda selfi 18 AQSh dollariga tushishi mumkin

Mumbayda selfi 18 AQSh dollariga tushishi mumkin

AQShning Priceonomics axborot va ma’lumot yetkazish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, jahon miqyosida 2014 yildan buyon selfi olish oqibatida qayd etilgan 49 ta o‘lim holatidan 19 tasi Hindiston hududida sodir bo‘lgan.

Bu ma’lumot Hindiston ommaviy axborot vositalari tomonidan Hindistonda aholining ko‘pligi hamda mamlakatning bugunda yirik smartfon bozoriga aylanib borayotgani bilan izohlangan.

Jumladan, yanvar-fevral oylarida 18 yoshli bolaning selfi oqibatida qoyadan va ayolning dengiz portidan qulab tushishi, ikki talabaning yaqinlashib kelayotgan poyezd fonida suratga tushishga bo‘lgan harakati halokatli oqibatlarga olib kelgan.

Shu munosabat bilan, Mumbay shahar hokimligi shaharning 16 ta joyida selfiga tushishni rasman ta’qiqlab qo‘ydi.

Bu hududlarda selfi tushishga uringanlar 18 AQSh dollari miqdorida jarimaga tortiladi. Mazkur ro‘yxat shahar politsiya mahkamasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlar asosida shakllantirilgan.