MUTAXASSISLARNI QIZIQTIRIB QO‘YGAN YaNGILIK

  •   Saroy
  •  1077
  •  10.05.2018 11:14

MUTAXASSISLARNI QIZIQTIRIB QO‘YGAN YaNGILIK

Rossiya jamoatchiligi Telegram bilan Rostelekom o‘rtasidagi kechayotgan mojarolarni muhokama qilayotgan bir paytda, dunyoda ko‘plab qiziqarli voqealar yuz bermoqda. Masalan, Google sun’iy ong bilan tajriba o‘tkazish uchun AIY ning ikkita to‘plamini taqdim etdi ("II o‘zing -bajar").

Dijital-ekspert  Shelli Palmer o‘zining email-tarqatmasida  bu haqda shunday  deydi: Google havola etgan   “II o‘zing-bajarto‘plami meni juda qiziqtirib qo‘ydi. Ular o‘zining munosib narxiga ega, o‘zlari esa, sun’iy ongning bazaviy ishlash tizimini o‘zlashtirishni istaganlar uchun juda oddiy yechimdir.

 Agar sizning kasbiy faoliyatingiz odamlar o‘rtasidagi aloqalar bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkala to‘plamni ham sotib oling va  Do-It-Yourself da ozroq vaqtingizni sarflang.  Google taqdim etgan  to‘plamdan olayotganlaringiz esa o‘ta muhim ahamiyatga ega – siz shaxsan o‘zingiz uchun hal qilish zarur bo‘lgan vazifalar kontekstida sun’iy ongni qanday qilib  qo‘llash  haqida o‘ylashni o‘rganasiz.

Hozir biz shunday davrga yaqinlashayapmizki, bunda har bir maktab o‘quvchisi tenglamani o‘zi yecha oladi, masalan, sinfining o‘tkazgan gumma sotish xayriya tadbiri natijalarini tahlil qilishda o‘zining hissasini qo‘sha oladi va buni u barcha foydalanishi mumkin bo‘lgan mashina ta’limi  va bulutli sun’iy ong bazasida qo‘llanilayotgan  statistika vositasida amalga oshira oladi. Ob’yektni va ovozni bilish uchun oddiy va tushinarli bulutli sun’iy ong (originalda - commoditized) yechimi allaqachon bizgacha yetib kelgan. Aytmoqchimizki, ushbu yangi vositani o‘zlashtirishni aslo kechiktirmang.