MWC 2018’da rekord: bu kompaniya birato‘la 15 xil smartfon olib keldi!

  •   DiMaX
  •  1710
  •  28.02.2018 15:48

MWC 2018’da rekord: bu kompaniya birato‘la 15 xil smartfon olib keldi!

Barselonada o‘tkazilib kelayotgan an’anaviy Mobile World Congress anjumani – elektronika mahsulotlarining eng yirik ko‘rgazmalaridan biridir. Bu yilgi tadbir ayni damda qizg‘in pallasiga kirgan.

O‘QING: MWC 2018: iPhone X'ning 150 dollarlik nusxasi namoyish qilindi

Shunday ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bergisi kelmaganidanmi, Xitoyning Bluboo kompaniyasi MWC 2018 anjumaniga naq o‘n beshta modelda turli smartfonlarini olib keldi! Ular orasida avval namoyish etilgan modellar ham, mutlaqo yangi gadjetlar ham mavjud.

Bluboo stendidagi barcha telefonlar o‘z ko‘rinishi, texnik xususiyatlari va imkoniyatlariga ko‘ra o‘zaro farqlanadi. Ayrim yangi modellar o‘zining kuchli jihatlari bilan diqqatga va hayratga sazovor.

Bluboo S2

Mazkur ishlab chiqaruvchi mahsulotlari orasida asosiy «yulduz» – yangi Bluboo S2 modeli bo‘ldi. Bu qurilmaning asosiy o‘ziga xosligi – «qayrilma» kamerasi bo‘lib, uning o‘zi ham asosiy, ham selfi-kamera vazifasini bajaradi. Ko‘pchilik smartfonsozlar old kamerani nomigagina joylasa, Bluboo S2 modelida unday emas – ishlab chiqaruvchining da’vo qilishicha, bu model eng yaxshi selfilar olishga qodir.

Shuningdek, Bluboo stendida uning o‘tgan yilgi S1 smartfoni ham namoyishga qo‘yilgan. Mazkur devays uch tomoni yupqa romli bo‘lgan 5,5 dyuymli displeyga ega. Bluboo S3 modeli esa qo‘shaloq kamera, tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatli ekran va sig‘imdor akkumulyator bilan jihozlangan. Shuningdek, yaqinda chiqarilgan Bluboo S8 hamda S8 Plus flagmanlari ham namoyishga olib kelingan; ular sakkiz yadroli MediaTek protsessorlari, qo‘sh ob’yektivli kameralari va keng formatli displeylari bilan e’tiborga loyiq.

Bluboo D5

Bluboo taqdim etayotgan smartfonlar orasida yana quyidagilar bor: portret rejimidagi suratlar uchun qo‘sh kamera bilan ta’minlangan Bluboo Dual; diagonaliga 5 dyuymlik ekranli D1 hamda D1 Pro; himoyalangan R2 va R2 Pro, to‘liq ekranli D5 va uning Pro-versiyasi, g‘ayrioddiy dizaynli va hamyonbop Bluboo Maya; 4200 mA/soatlik akkumulyatorga ega Maya Max; zarbaga chidamli korpusga va tomonlari 18:9 nisbatli ekranga ega Bluboo RX modellari.

Bluboo RX

Ishlab chiqaruvchining shu va boshqa smartfonlari bilan uning rasmiy saytida tanishish mumkin. Savdoga chiqarilgan modellarni esa onlayn savdo platformalari orqali xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: AliExpress’dagi tovarlarga «Terabayt.uz» orqali buyurtma bering!