Namanganda texnoparklar tashkil etiladi

Namanganda texnoparklar tashkil etiladi

Oktyabrning 21-26-kunlari Janubiy Koreyaning Tegu shahrida nishonlangan Koreya texnoparklarining 20 yilligi xalqaro konferensiyasi doirasida Namanganada ham 4 ta texnopark tashkil etilishi kelishib olingan: Namangan IT texnoparki, Namangan tekstiltexnoparki, Chortoq agro va kosmetika texnoparki, Kosonsoy tibbiyot texnoparki. Bu haqida Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bundan oldin Koreya Respublikasi texnoparklari uyushmasi vakillarining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida qator shartlashuvlar imzolanishiga erishilgan edi. Koreya texnoparklari uyushmasi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi hujjat mahalliy bozorda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ekotizimlar startapini rivojlantirish sohasida uzoq muddatli strategik hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha taraflarning o‘zaro rejalarini aks ettiradi. Koreyalik hamkorlarning texnologik tajribasi g‘oyalarni yuzaga keltiradigan, ularni ishlaydigan, tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlarga aylantiradigan maydoncha va O‘zbekistonda startaplarni rivojlantirish uchun poydevor bo‘ladigan IT-infratuzilmasining universal ob’yektini yaratishga imkon beradi. Texnopark tuzilmasida tadqiqot laboratoriyalar, R&D-markazlar, kovorking markazlari hamda innovatsion ekotizimning boshqa tarkibiy qismlari bo‘lishi nazarda tutilgan.

O‘QING: O‘zbekistonliklar IT-mahsulot va yechimlarni qidirib topishga qaratilgan forumda qatnashadi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.