Nandy – har qanday avtomobilni aqlli transport vositasiga aylantiradigan gadjet

Nandy – har qanday avtomobilni aqlli transport vositasiga aylantiradigan gadjet

Garchi avtomobillar kundan-kunga takomillashib, turli yangi xususiyatlar bilan boyib borayotgan bo‘lsa-da, odatda, qimmat narx sababli hamma ham ulardagi zamonaviy texnologiyalardan foydalana olmaydi. Biroq bunday imkoniyatdan foydalangan ba’zi firmalar, istalgan avtomobilni aqlli texnologiyalar bilan kuchaytiradigan gadjet va aksessuarlarni yaratib, haydovchilarning joniga ora kirmoqda.

Bundan chamasi ikki muqaddam konsepti yaratilgan mana shunday aksessuarlardan biri – Nandy nihoyat sotuvga chiqadigan bo‘ldi.

Gadjetni Android va iOS dasturidagi ilovalar orqali smartfondan boshqarish imkoniyati mavjud. Jumladan, ilova yordamida navigatsiya va musiqani boshqarish, qo‘ng‘iroq va xabarlarni qabul qilish mumkin. Oddiyroq qilib tushuntirganda, bu avtomobil torpedasidagi smartfon ekraniga o‘xshab ketadi. Gadjet ko‘plab funksiyalarga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, haydovchilarni telefonga chalg‘ishdan ham qaytaradi.

navdy1

Aksessuar rangli HUD formatida displeyga ega. Barcha axborotlar tashqi yorqinlik darajasi qanday bo‘lishida qat’iy nazar, anchagina tiniq namoyish etiladi. Displeydagi navigatsiya texnologiyasi Google qidiruv tizimi bilan quvvatlangan, biroq HERE xaritasidan foydalanadi. Bundan tashqari, Nandy avtomobildagi yonilg‘i holati, tezlik va boshqa ulovga tegishli ma’lumotlarni aks ettiradi.

OLYMPUS DIGITAL CAMERA

OLYMPUS DIGITAL CAMERA

Hozircha gadjetda HERE dasturidan tashqari boshqa xaritalar yo‘qligi uning yagona kamchiligi bo‘lsa kerak.

Aksessuarning narxi 800 dollar atrofida. U tez orada birinchi bo‘lib AQShda sotuvga chiqariladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.