Narsa-buyumlarning ichini ko‘ruvchi kamera yaratildi

Narsa-buyumlarning ichini ko‘ruvchi kamera yaratildi

Sietlda joylashgan Vashington universiteti olimlari Microsoft kompaniyasi bilan hamkorlikda noyob kamera yaratdilar. HyperCam deb nom olgan ushbu apparat predmetlarning ichini ko‘ra oladi. Uni apparatga joylangan kuchli rentgen nurlari deb o‘ylamang. HyperCam giperspektral tasvir texnologiyasi bilan ishlaydi, bunda turli elektromagnit spektrli rasmlar birlashtiriladi. 17 diapazonda suratga oladi. Bu texnologiyadan astronomiyada anchadan beri foydalaniladi, ammo hali ommaning qo‘liga yetib bormagan edi.

HyperCamni maishiy maqsadlarda ham ishlatish mumkin. Kamera sabzavotlarning yangi-eskiligini aniqlashda qo‘l keladi, masalan, qovun-tarvuzning ichida qurt bor-yo‘qligini tekshirishingiz mumkin. Yo bo‘lmasa, uning yordamida qo‘lingizdagi qon tomirlar holatini ko‘rib, zarur bo‘lsa shifokorga murojaat qilasiz. Kamchiligi – xira yoritilgan muhitda tasvir sifatli chiqmasligi.

Hozircha, HyperCam narxi 800 dollar, ammo mutaxassislar 50 dollargacha tushirishni rejalashtirgan. Bundan tashqari HyperCamni smartfonga joylash niyatlari ham yo‘q emas.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.