Narxi tannarxiga teng yaxshi smartfonlar (sentyabr holati bo‘yicha AnTuTu talqini)

Narxi tannarxiga teng yaxshi smartfonlar (sentyabr holati bo‘yicha AnTuTu talqini)

Taniqli AnTuTu benchmarki 2017 yilning sentyabr oyi holatida narxiga nisbatan ancha arzon va sifatli smartfonlar reytingini e’lon qildi. Quyidagi suratda ular bilan tanishib olishingiz mumkin. Quyida esa smartfonlarning muhim jihatlariga qulay tartibda sharh berishga harakat qildik.

 

  1. Coolpad cool1 dual (4/32 Gb)

Taqdim qilingan vaqti: 2016 yil, avgust"

Operatsion tizim: Android 6.0 (Marshmallow)"

Ekran: 5.5 dyuymli, Full HD (har dyuymda 401 ta piksel);

Protsessor: Qualcomm MSM8976 Snapdragon 652, 8 yadroli (4x1.2 Ggs, Cortex-A53 & 4x1.8 Ggs Cortex-A72), Adreno 510 video-kartasi;

Qo‘shimcha xotira uchun bo‘lmacha: Yo‘q"

Kamera: bosh kamera - 2 ta 13 Mp va 8 Mp old kamera;

Akkumulyator:  4060 mA soat;

Narxi: 230 AQSh dollari.

 

  1. Xiaomi mi5s (3/64 Gb)

Taqdim qilingan vaqti: 2016 yil, oktyabr

Operatsion tizim: Android 6.0 (Marshmallow)

Ekran: 5.15 dyuymli, Full HD (har dyuymda 428 ta piksel)

Protsessor: Qualcomm MSM8996 Snapdragon 821 (2016 yilning eng yaxshi chipi), 8 yadroli (2x2.15 Ggs Kryo & 2x1.6 Ggs Kryo), video-karta Adreno 530;

Qo‘shimcha xotira uchun bo‘lmacha: Yo‘q

Kamera: 12 MP, f/2.0, avtofokus, 2 tusli LED, 5 megapikselli old kamera;

Akkumulyator: 3200 mA soat, tezkor quvvat olish;

Korpus: Metall

Narxi: "Malika"da 2,365,500 so‘mdan (4/64 Gb);

 

  1. Xiaomi mi 6 (6/64 Gb)

Taqdim qilingan vaqti: 2017 yil, aprel;

Operatsion tizim: Android 7.1.1 (Nougat)

Ekran: 5.15 dyuymli, Full HD (har dyuymda 428 ta piksel), Corning Gorilla Glass 4 hiomya shishasi;

Protsessor: Qualcomm MSM8998 Snapdragon 835, 8 yadroli (4x2.45 Ggs Kryo & 4x1.9 Ggs Kryo), Adreno 540 video-kartasi;

Qo‘shimcha xotira uchun bo‘lmacha: Yo‘q;

Kamera: bosh kamera -- 2 ta 12 megapikselli, 2 tusli LED fotochaqnog‘i;

Akkumulyator: 3350 mA soat, tezkor quvvat olish;

Korpus: Metall.

 

  1. Xiaomi Redmi Note 4 (3/64 Gb)

Taqdim qilingan vaqti: 2017 yil, yanvar

Operatsion tizim: Android 6.0 (Marshmallow), 7.0 (Nougat)'ga yangilash mumkin;

Ekran: 5.5 dyuymli, Full HD (har dyuymda 401 ta piksel);

Protsessor: Qualcomm MSM8953 Snapdragon 625, 8 yadroli, 2.0 Ggs (A53),  Adreno 506 video-kartasi;

Qo‘shimcha xotira uchun bo‘lmacha: 256 GB.gacha (sim-kartaning o‘rnida);

Kamera: 13 Mp bosh, 5 Mp old kamera;

Akkumulyator: 4100 mA soat;

Korpus: Metall;

Narxi: "Malika"da 160 AQSh dollaridan boshlab.

 

  1. Meizu MX6 (3/32 Gb)

Taqdim qilingan vaqti: 2016 yil, iyul

Operatsion tizim: Android 6.0 (Marshmallow)

Ekran: 5.5,  Full HD (har dyuymda 403 ta piksel); 

Protsessor: Mediatek MT6797 Helio X20, 10 yadroli (2x2.3 Ggs Cortex-A72, 4x1.9 Ggs Cortex-A53, 4x1.4 Ggs Cortex-A53), Mali-T880 MP4 video-kartasi;

Qo‘shimcha xotira uchun bo‘lmacha: Yo‘q;

Kamera: 12 Mp, f/2.0, old kamerasi 5 mp;

Akkumulyator: 3060;

Korpus: Metall;

Narxi: Yurtimizda 200 AQSh dollari.

 

  1. 360 N5 (6/32 Gb)

Taqdim qilingan vaqti: 2017 yil, aprel;

Operatsion tizim: Android 6.0;

Ekran: 5.5 dyuymli, Full HD (har dyuymda 403 ta piksel);

Protsessor: 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 653, chastota tezligi -- 1,95 Ggs, video-karta -- Adreno 510;

Qo‘shimcha xotira uchun bo‘lmacha: MicroSD bor, 128 Gb.gacha;

Kamera: 13 Mp bosh, bir tusli fotochaqnoq, 8 MP old kamera;

Akkumulyator: 4000 mA soat, tezkor quvvat olish Quick Charge 3.0;

Korpus: Metall

Narxi: Xitoyda $200 AQSh dollari.

 

  1. Nubia Z17 (6/64 Gb)

Taqdim qilingan vaqti: 2017 yil, iyun;

Operatsion tizim: Android 7.1.1 (Nougat);

Ekran: 5.5 dyuymli, Full HD (har dyuymda 403 ta piksel), Gorilla Glass himoya shishasi;

Protsessor: Qualcomm MSM8998 Snapdragon 835, Adreno 540 videokartasi;

Qo‘shimcha xotira uchun bo‘lmacha: Yo‘q;

Kamera: bosh kamera qo‘sh -- 12 Mp, f/1.8 + 23 MP;

Akkumulyator: 3200 mA soat, 25 minutda quvvatini 50% ga to‘ldirib oladi;

Korpus: Metall va shisha;

Narxi: 6 + 64 GB talqini $411, 6 + 128 GB talqini $500, 8 + 128 GB talqini $587 AQSh dollar.

 

  1. Xiaomi Redmi 4X (2/16 Gb)

Taqdim qilingan vaqti: 2017 yil, may;

Operatsion tizim: Android 6.0.1 (Marshmallow);

Ekran: 5.0 dyuymli, HD (har dyuyyumda 294 ta belgi);

Protsessor: Qualcomm MSM8940 Snapdragon 435, 8 yadroli (Cortex-A53), 1.4 Ggs, video-karta -- Adreno 505;

Qo‘shimcha xotira uchun bo‘lmacha: microSD, 128 Gb.gacha;

Kamera: 13 MP, f/2.0, avtofokus, fotochaqnoq, old kamera -- 5 Mp;

Akkumulyator: 4100 mA soat;

Korpus: plastik (Redmi 4'da metall);

Narxi: "Malika"da 1,211,800 so‘mdan.

 

  1. Xiaomi Redmi Note 4X (3/32 Gb)

Taqdim qilingan vaqti: 2017 yil, fevral;

Operatsion tizim: Android 6.0 (Marshmallow);

Ekran: 5.5 dyuymli, Full HD (har dyuymda 401 ta piksel);

Protsessor: Qualcomm MSM8953 Snapdragon 625, 8 yadroli, 2.0 Ggs (A53),  Adreno 506 video-kartasi;

Qo‘shimcha xotira uchun bo‘lmacha: microSD 256 Gb.gacha (bitta sim-karta o‘ringa);

Kamera: 13 MP, f/2.0, avtofokus, 5 MP old kamera;

Akkumulyator: 4100 mA soat;

Korpus: plastik va metall uyg‘unligi;

Narxi: "Malika"da 1,336,300 so‘mdan boshlab;

 

  1. Huawei Honor 9 (4/64 Gb)

Taqdim qilingan vaqti: 2017 yil, iyul;

Operatsion tizim: Android 7.0 (Nougat);

Ekran: 5.1 dyuymli, Full HD (har dyuymda 428 ta piksel);

Protsessor: HiSilicon Kirin 960, 8 yadroli (4x2.4 Ggs Cortex-A73 & 4x1.8 Ggs Cortex-A53), Mali-G71 MP8 videokartasi;

Qo‘shimcha xotira uchun bo‘lmacha: microSD 256 Gb.gacha (bitta sim-karta o‘ringa);

Kamera:  Bosh kamera qo‘sh sensorli -- 20 MP + 12 MP, f/2.2, old kamera esa 8 Mp;

Akkumulyator: 3200 mA soat, tezkor quvvatlash va Smart Power 5.0 quvvatni tejash texnologiyasi;

Korpus: metall va shisha;

Narxi: 400 AQSh dollari.

Ortiqcha pul sarf qilishni hech kim xohlamaydi. Ayniqsa, ba’zi bir ilg‘or gadjetlarga bugun ming dollarlab pul to‘layotganlarni ko‘rib ko‘pchilik hayratini yashira olmaydi. Bosh vazifasi aloqa qilish bo‘lgan gadjet uchun shuncha mablag‘ sarflash qanchalar to‘g‘ri? Shu bilan birga, jahonning aksariyat smartfon ishlab chiqaruvchilari nom qozonish uchun yaxshi devayslarini o‘z tannarxida sotishdan ham qo‘rqishmayapti.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!