NASA Amazonkadagi yong‘inlarni koinotdan kuzatmoqda

NASA Amazonkadagi yong‘inlarni koinotdan kuzatmoqda

NASA agentligi Yerning Atmospheric Infrared Sounder (AIRS) infraqizil exoloti yordamida olingan suratini e’lon qildi. Kadrlardan Braziliyadagi ommaviy yong‘inlar tufayli tarqalgan is gazi atmofserani egallaganini ko‘rish mumkin.

Dunyodagi eng katta o‘rmon bo‘lmish Amazonka Yerdagi ekologiyasida muhim rol o‘ynab, atmosferadagi 20% kislorodni ishlab chiqarish vazifasini o‘tab beradi. Birgina 2019 yilning yozida olimlar Amazonkada 85 000 dan ortiq o‘rmon yong‘inlarini ro‘yxatga olishgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar ortiq bo‘lib, yong‘in maydoni esa 83% ga o‘sib 3,5 million kilometrni tashkil qilgan. Ushbu ma’shum hodisa tufayli yuz bergan o‘zgarishlarni esa kosmos orqali ko‘rishimiz mumkin.

 

Пожары в Амазонке

Yuqorida ko‘rsatilgan rasmda 8 dan 22 avgustga qadar Yer atmosferasida is gazining tarqalishi aks etgan. Ko‘rib turguningizdek, bir oy davomida uglerod monooksidi shleyfi Amazonkaning shimoli g‘arbiy qismidan yuqoriga ko‘tarilib janubi sharqiy tomonga qarab harakatlana boshlagan.  

Animatsiya yaratish uchun har bir kadr uch kunlik natijalarning o‘rtachasini olish yo‘li bilan yaratilgan. Yashil rang uglerod oksidini konsentratsiyasi hajmining milliarddagi ulushi (ppbv)ni anglatadi; sariq rang – 120 ppbv va to‘q qizil – 160 ppbv.

Пожары в Амазонке

Is gazi atmosferada bir oygacha saqlanib turishi mumkin. U taxminan 5500 metr yuqorida to‘planadi va biz nafas oladigan havoga oz miqdorda ta’sir qiladi, shu sababli inson uchun xavfli emas. Biroq, kuchli shamol uni pastga olib tushib kislorodning sifatiga sezilarli ziyon ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, uglerod oksidi sayyoramiz iqlimiga negativ ta’sir o‘tkazadi.

O‘QING: O‘zga sayyoraliklar: bizku ularni topa olmayapmiz, ular bizni qidiryaptimi?