NASA fazoda ozuqa muammosini hal qilishda bakteriyalardan foydalanadi

NASA fazoda ozuqa muammosini hal qilishda bakteriyalardan foydalanadi

AQShning Aeronavtika va fazoni tadqiq qilish Milliy boshqarmasi istiqbolda fazoda oziq-ovqat muammoasini hal qilishda genetik o‘zgartirilgan bakteriyalardan foydalanish yuzasidan tadqiqotlarni boshlab yubordi. Bu to‘g‘rida boshqarma press-relizida e’lon qilingan.

PowerCell deb nom olgan tajribalarda azot atmosferasida, shu bilan birga fotosintez yo‘li bilan uglerod ishlab chiqarish xususiyatiga ega Anabaena bakteriyasidan foydalanish ko‘zda tutilgan.

Olimlar mazkur bakteriyadan hosil bo‘lgan uglerodlardan oziq-ovqat olish, qurilish materiallari va tibbiy dori-darmonlar tayyorlash mumkinligiga ishonishmoqda.

Bunday bakteriyalar bilan dastlabki tajribalar atmosferadan yuqorida, muhiti Mars sayyorasiga o‘xshash aerostatda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi. Endi ularni sun’iy yo‘ldoshlar yordamida fazoda sinab ko‘rish kerak bo‘ladi.

“Amerika mintaqasiga yashash uchun kelgan ilk yevropaliklar hayotlarining qolgan qismi uchun oziq-ovqatlarini o‘zlari bilan olib kelishmagan. Fazoda ham xuddi shunday: biz qayerda yashamaylik, o‘sha yerning hisobidan kun ko‘rishimiz kerak bo‘ladi,” deydi NASA’ning Eymsa tadqiqotlar markazi xodimi Linn Rotshild.