NASA o‘zga sayyoralarni insoniyatdan himoya qilmoqchi

  •   Saroy
  •  1221
  •  11.07.2018 10:53

NASA o‘zga sayyoralarni insoniyatdan himoya qilmoqchi

Insoniyat ilk bor sayyoralararo parvozga shaylanmoqda. Bu loyiha yaqin o‘n yilliklarda amalga oshirilishi mumkin.   Ayni paytda NASA  sayyoralarni odamlar o‘zi bilan olib borishi mumkin bo‘lgan yerdagi o‘simlik va hayvonot dunyosidan himoya qilish borasida izlanish olib bormoqda.

Ko‘pchillikning xabari bo‘lmasa kerak, NASA’da  allaqachon sayyoralar himoyasi bo‘limi faoliyat olib boradi. Ushbu bo‘lim xodimlarining eng asosiy vazifasi: koinotdan yerga xavfli jismlar, mavjudotlar   tushishining oldini olish, shuningdek boshqa sayyoralarga yerdagi bakteriyalar, o‘simliklar, jonivorlar, va shunchaki oddiy axlatlarning yetib borishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.

Kometalar va asteroidlardan namunalar olib kelishda hozircha muammo yo‘q, chunki ular koinot nurlanishidan tozalanadi. Lekin o‘zga sayyoraga otlangan fazogirlar o‘zlari bilan olib borishi mumkin bo‘lgan narsalar borasida qanday yo‘l tutsa bo‘ladi? Zero 2030 yilda birinchi fazogirni  Marsga uchirish rejalashtirilgan.

Shu bois agentlikda sayyoralarni himoya qilish borasida qat’iy  qoidalarni joriy qilish borasida jiddiy fikrlar bildirilmoqda. Bundan buyon koinotga raketa uchirmoqchi bo‘lgan tijorat kompaniyalar uchar apparatlarni yasashda sanitariya va texnologik normalarga sinchkovlik bilan yondashishi talab etiladi.  Tesla kompaniyasining Falcon 9 raketasi tozalik bo‘yicha ko‘p bosqichli tekshiruvdan o‘tishi kerak.

«Apollon-11» fazogirlari Nil Armstrong (chapdan), Maykl Kollinz va Edvin Oldrin-kichkina USS Hornet bortidagi karantin hududida o‘tiribdi,   prezident Richard Nikson fazogirlarni eson-omon Yerga qaytgani bilan qutlamoqda. Foto: Nyu-York Tayms

«Insoniyat hayot nishonalari bo‘lishi mumkin  bo‘lgan jumladan, Mars, Enselad, Yevropa kabi sayyoralarga safar uyushtirmoqchi. Insonlarni koinotga jo‘natmoqchi bo‘lgan kompaniyalar soni borgan sari ko‘paymoqda, bunda biz  uchun eng muhimi, xatoga yo‘l qo‘ymaslik  — deydi  NASA’ning sobiq ilmiy direktori   Djozef Aleksandr».

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.