National Geographic uchun Meizu 15'da surat olindi

National Geographic uchun Meizu 15'da surat olindi

National Geographic jurnali sayyoramiz tabiati aks etgan go‘zal va g‘aroyib suratlari bilan ma’lum va mashhur. Shuningdek, bu jurnalda turli smartfonlarda olingan maxsus suratlar ham chop etib boriladi. Bu gal taniqli jurnalning sahifalarida Meizu 15 modelida olingan fotosuratlar e’lon qilindi. Ular yordamida yangi kamerafon imkoniyatilariga guvoh bo‘lish mumkin.

National Geographic jurnali e’lon qilgan suratlar xitoylik flagmanning kamera imkoniyatlari o‘rtacha ekanidan dalolat berib turibdi. Bunday kamera texnologiyasini bugungi kunda ko‘plab smartfonlarda uchratish mumkin.

Meizu 15 modeliga qadar iPhone 6s Plus hamda ASUS ZenFone 4 kameralarida olingan suratlar ham mazkur jurnalda berilgan edi.

Meizu 15 smartfoni bosh kamerasiga 2 ta sensor o‘rnatilgan. Ob’yektivlarning asosiysi 12 megapikselli Sony IMX380 datchigi va f/1.8 standartli yorug‘lik taqsimlovchi linzaga ega bo‘lgan. Ikkinchi sensor uchun 20 megapikselli Sony IMX350 datchigi hamda f/2.0 standartli apertura tanlangan. Bosh kamerada manzarani 3 karra yaqinlashtirib suratga olish funksiyasi joriy qilingan. Smartfon kamerasida lazer va fazali avtofokus tizimlari, optik barqarorlashtirish hamda 6 ta linzali optika tizimi mavjud.

Kompaniyaning 15 yilligiga bag‘ishlab taqdim qilingan Meizu 15 smartfoni 5,46 dyuymli, Full HD sig‘imli, tomonlari nisbati 16:9 bo‘lgan displey, Qualcomm Snapdragon 660 protsessori, 4 gigabaytli tezkor xotira va +64/128 gigabayt ichki xotira, 3000 mA/soat tok sig‘imiga ega akkumulyator, SmarPA Cirrus Logic CS35L35 audio tizimlari bilan ta’minlangan.

O‘qing: Meizu smartfonlari narxlari – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beriladi! (2018 yil 15 may)

Bu turkumdagi Meizu 15, Meizu 15 Plus hamda Meizu 15 Lite modellari Samsung ishlab chiqargan Super AMOLED ekran bilan yanada o‘ziga xos.

Eng yuqori talqin bo‘lmish Meizu 15 Plus 5.95 dyuymli va Quad HD sig‘imli ekrani, Samsung’ning 8 yadroli Exynos 8895 protsessori hamda 6 gigabaytli tezkor xotirasi bilan o‘ziga xos. Smartfonlar 400 AQSh dollaridan 500 dollargacha bo‘lgan narxlarda sotilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!