Navbatdagi ikki milliard!

Navbatdagi ikki milliard!

2014 yilda WhatsApp 21.8 milliard dollard evaziga Facebook tomonidan sotib olingandi. 

Messenjer o‘sha paytda 500 million foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatar, xarid uchun to‘langan mablag‘ esa o‘ta katta edi. 

Mana, oradan 6 yil o‘tib erishilgan natijalarni inobatga olsak, 21.8 milliard juda kichik mablag‘ga o‘xshab tuyuladi, sababi WhatsApp foydalanuvchilari soni ayni damda 2 milliardga yetdi.

Taqqoslash uchun aytish mumkinki, foydalanuvchilar soni 2016 yilda 1 milliard, 2018 yilda esa 1.5 milliard edi. Ikki yil ichida yana yarim milliard mijoz WhatsApp'ga qo‘shildi.

Blog-post ko‘rinishda berilgan rasmiy ma’lumotda WhatsApp ikki tomonlama shifrlash texnologiyasidan foydalanishi, foydalanuvchilar xabarlari bulutda emas, balki mijozning o‘z qurilmasida saqlanishi ta’kidlab o‘tilgan. 

Kompaniyaning aytishicha, foydalanuvchilar aynan shu sababdan ham boshqa messenjerlarni emas, aynan WhatsApp'ni tanlaydi. Xavfsizlik va maxfiylik messenjer uchun ustuvor jihatdir.

O‘QING: WhatsApp haqida siz bilgan va bilmagan faktlar

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.