Navbatdagi ikki milliard! - 2

Navbatdagi ikki milliard! - 2

Google'ning G Suite to‘plami tarkibidagi Gmail, Drive, Taqvim, Hangouts (Uchrashuvlar), Docs (Hujjatlar) va boshqa unumdorlik ilovalarining faol foydalanuvchilari soni 2 milliarddan oshdi.

Bu haqida G Suite bo‘limi boshlig‘i Xaver Solteroga tayanib, Axios sayti xabar bermoqda.

Solteroning ta’kidlashicha, 2 milliardlik ko‘rsatkichga 2019-yilning oxirida erishilgan va kompaniya unumdorlikka xizmat qiluvchi ilovalarini takomillashtirishda davom etadi.

Ma’lum bo‘lishicha, bir necha ilovalar birlashtirilib, yagona dastur yaratish rejasi bor. Avvalgi taxminlarga ko‘ra, Google Gmail, Drive va Hangouts ilovalarini yagona ilova qilib birlashtirmoqchi.

G Suite jamoasi sun’iy ong borasidagi faoliyatini ham takomillashtirishni rejalashtirgan. Gmail'ga o‘rnatilgan taxmin qilish funksiyasi Docs va to‘plam tarkibidagi boshqa ilovalarga ham joriy qilinishi mumkin.

O‘QING: Navbatdagi ikki milliard!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.