Navbatdagi Startup Mix konferensiyasi 11 fevralda bo‘lib o‘tadi

  •   DiMaX
  •  922
  •  02.02.2017 17:28

Navbatdagi Startup Mix konferensiyasi 11 fevralda bo‘lib o‘tadi

Startup Mix – har oyda bir marta o‘tkaziladigan, O‘zbekistonda yagona bo‘lgan startap-konferensiyadir. Tadbirning auditoriyasi odatda 150-200 kishidan iborat bo‘ladi, deya xabar beriladi loyiha saytida. Ular orasida biznesmenlar, Axborot texnologiyalari sohasidagi tadbirkorlar, kompaniyalar rahbarlari, startapchilar, marketologlar, jurnalist va blogerlar, oliy o‘quv yurtlarining yuqori bosqich talabalari qatnashadi.

Mazkur loyiha uchta tarkibiy qismdan iborat:

– Boshlovchi tadbirkorlar o‘zlarining (amalga oshirilmagan yoki boshlang‘ich bosqichda bo‘lgan) g‘oyalari bilan kelishlari mumkin. Bu yerda ular so‘zga chiqib, o‘z loyihalari haqida gapirib berishadi va mazkur biznes-g‘oyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvaffaqiyatli IT-biznesmenlardan maslahat va tavsiyalar olishlari mumkin.

– Taklif etilgan muvaffaqiyatli tadbirkorlar, O‘znet va IT-biznesining ko‘zga ko‘ringan vakillari o‘z tajriba va bilimlarini yig‘ilganlar bilan baham ko‘rishadi, maslahatlar berishadi va o‘zlarining «muvaffaqiyat tarixi»ni gapirib berishadi.

– Axborot texnologiyalari mavzulari bo‘yicha master-klasslar o‘tkaziladi. Ularni o‘z sohasida yutuqlarga erishgan mutaxassislar olib borishadi. Bunday seminarlar keng auditoriya uchun qiziqarli.

Bu oydagi Startup Mix startap-konferensiyasi 11 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Yangi IT-loyihalarning yaratilish  va rivojlantirishiga qiziqadigan barcha xohlovchilar konferensiyaga taklif etiladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!