Nega O‘zbekistonda qog‘ozli mehnat daftarchasidan voz kechiladi?

Nega O‘zbekistonda qog‘ozli mehnat daftarchasidan voz kechiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilanishicha, 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab birinchi marta ishga joylashtirilgan xodimlarga qog‘oz shaklidagi mehnat daftarchalari berilishi to‘xtatiladi.

Farmonga ko‘ra, xodimlarning ish joyi va davlat ijtimoiy sug‘urtasiga to‘lov qilgan davri bo‘yicha ro‘yxatga olishning “elektron mehnat daftari” tizimi joriy etiladi. Mehnat daftarchalaridagi yozuvlar soliq to‘lovchining individual raqami (STIR) va fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovi bo‘yicha individual raqami (PTIR) asosida, xodimning ish joyi va Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga to‘lovlar amalga oshirilgan davri bo‘yicha hisobga olish bilan bosqichma-bosqich almashtirib boriladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!