Netflix'da yaqinda alohida to‘lov olinmaydigan zo‘r yangilik paydo bo‘ladi

Netflix'da yaqinda alohida to‘lov olinmaydigan zo‘r yangilik paydo bo‘ladi

May oyida Netflix video o‘yinlar bilan shug‘ullanuvchi yangi bo‘lim boshlig‘ini ishga olmoqchi ekani ma’lum bo‘lgandi. Endi esa Bloomberg nashri Netflix kelasi yil obuna o‘yin xizmatini joriy qiladi deb yozmoqda.

O‘QING: Apple va Netflix aynan O‘zbekistonni tanladi. Nega Qozog‘istonni emas?

Netflix ilgari EA va Facebook/Oculus'da ishlagan Mayk Verduni O‘yinlarni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis sifatida ishga yollagan. Bu Netflix nafaqat boshqa kompaniyalar yaratgan o‘yinlarni litsenziyalamoqchi, balki o‘z o‘yinlarini yaratmoqchi ekanligini ham tasdiqlaydi.

Mayk Verdu Electronic Arts'da mashhur mobil o‘yinlar, shu jumladan, Sims franchayzasi, Plants vs Zombies va Star Wars kabi o‘yinlar ustida ishlagan. 2009 yildan 2012 yilgacha u Zynga Inc kompaniyasining bosh ijodiy direktori sifatida ham ishlagan. Masaladan yaxshi xabardorlarning so‘zlariga ko‘ra, Netflix yaqin oylarda o‘z o‘yin jamoasini tuzadi. Kompaniya allaqachon veb-saytida o‘yinlarni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni joylashtirishni boshladi.

Manba keyingi yil Netflix platformasida video o‘yinlar paydo bo‘lishi va “kompaniya hozirda o‘yinlar uchun qo‘shimcha to‘lovlarni olishni rejalashtirmagan“ deb yozadi. Bloomberg xabaridan so‘ng Netflix aksiyalari 3,3 foizga o‘sib, kech savdolarda 566 dollarni tashkil etdi.

O‘QING: 2020 yilda Netflix’da ko‘proq nimalarni tomosha qilishgan? (+video)