Nihoyat, 48 megapiksellik kameraga ega Moto Z4 taqdim qilindi!

Nihoyat, 48 megapiksellik kameraga ega Moto Z4 taqdim qilindi!

Motorola rasman Moto Z flagman smartfonlarining to‘rtinchi avlodini taqdim qildi. To‘g‘ri, qurilmada top darajadagi platformadan voz kechilgan - o‘rta darajali Snapdragon 675 protsessori, 4 GB operativ va 128 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Ammo, Moto Z lineykasining “oilaviy kasali” tuzatilgan – 3,5 mmlik tirqish qaytarilgan, batareya sig‘imi 3600 mA/soatga yetkazilgan. Aniqligi 2340x1080 piksel, diaganali 6,4 dyumli ekran tomonlari nisbati 19,5:9 ga o‘zgargan bo‘lsada korpus o‘lchami o‘zgarmagan, natijada, Moto Mods saqlanib qolgan. Ulardan biri, 360 gradusli kamera smartfon komplektiga qo‘shib beriladi.

Moto Z4'dagi asosiy yaxshilanishlardan biri kamera bo‘lgan. U bir modullik bo‘lsada, 48 megapiksellik va uning bazasida maxsus tungi rejim ishlab chiqilgan. Shuningdek, bir nechta ajoyib o‘ziga xosliklari mavjud: kompozitsiyani avtomatik yaxshilash, portret rejimida professional darajada yorug‘lik berish va tabassumga qarab suratga olish mumkin. Kamera fazali va lazerli aftofokus, optik barqarorlashtirish tizimi va f/1,7 yorug‘lik kuchiga ega bo‘lgan. Old kamera 25 megapiksel aniqlikda suratga oladi. Boshqa imkoniyatlardan displey osti barmoq izi skaneri va P2i texnologiyasiga ko‘ra suvdan himoyani aytib o‘tish mumkin. Yangi qurilmaning 360 gradusli kamera bilan birgalikdagi narxi 500 dollarni tashkil qiladi.  

Quyida Motorola Moto Z4'ning texnik xususiyatlari  bilan tanishishingiz mumkin:

  • Tarmoq: GSM (B2/3/5/8), CDMA (BC0/1/10), WCDMA (B1/2/4/5/8), FDD-LTE (B1/2/3/4/7/8/12/13/17/18/19/20/25/26/28/30/66/71), TDD-LTE (B38/40/41)
  • Dasturiy ta’minot: Android 9 Pie
  • Displey: 6,4", 19,5:9, 2340x1080 piksel, OLED
  • Kamera: 48 Mp, fazali va lazerli avtofokus, f/1,7, OIS, svetodiod fotochaqnoq,  2160p@30fps video
  • Old kamera: 25 Mp
  • Protsessor: 8 yader, Qualcomm Snapdragon 675
  • Operativnaya pamyat: 4 GB
  • Ichki xotira: 128 GB
  • Xotira kartasi uchun bo‘lmacha: 512 GB gacha kengaytirish.
  • A-GPS, GLONASS, Beidou, Galileo
  • FM-radio
  • Bluetooth 5
  • NFC
  • Wi-Fi (802.11a/b/g/n/ac), 2,4/5 GGs
  • USB Type-C, 3,5 millimetrlik audiotirqish
  • Displey osti daktiloskop.
  • Akkumulyator: 3500 mA/soat.
  • Tezkor zaryadlash: TurboPowek (15 Vt)
  • O‘lchami: 158 x 75 x 7,35 mm
  • Og‘irligi: 165 g

O‘QING: Moto Z4 smartfonining racmiy renderlari e’lon qilindi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!