Nihoyat, endi iPhone’lar ham ikkita SIM-kartali bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  2453
  •  18.11.2017 15:20

Nihoyat, endi iPhone’lar ham ikkita SIM-kartali bo‘ladi!

KGI Securities kompaniyasi vakili, ishlab chiqaruvchilar bilan aloqalari tufayli tanilgan tahlilchi Ming-Chi Kuo (Ming-Chi Kuo) Apple’ning keyingi yil taqdim etiladigan smartfonlariga oid yangi ma’lumot taqdim etgan. Ya’ni, 2018 yilgi iPhone’lar ikkita SIM-karta bilan ham ishlay oladigan bo‘ladi, deb yozadi Mac Rumors.

Tahlilchining fikriga ko‘ra, 2018 yili Apple o‘z smartfonlarini Intel XMM 7560 hamda Qualcomm Snapdragon X20 modemlari bilan jihozlaydi. Ular LTE standartidagi uyali aloqaning yanada yuqori tezligini ta’minlay oladi. Har ikkala chip ham 4x4 MIMO texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi; iPhone’larning hozirgi avlodlarida esa 2x2 MIMO texnologiyasi qo‘llanmoqda.

O‘QING: iPhone X 2018 yilda Apple'ning tarixiy nom qozonishiga sababchi bo‘ladi

Bundan tashqari, Ming-Chi Kuo prognoziga ko‘ra, kupertinolik gigant o‘zining 2018 yilgi modellarida, nihoyat, ikkita SIM-kartani qo‘llab-quvvatlaydigan qiladi. Bunda har ikkala SIM-karta ham bitta chip to‘plamidan foydalangan holda, bir vaqtning o‘zida LTE rejimida ishlay oladigan bo‘ladi.