Nihoyat, Twitter postlarni to‘g‘ri tartibda ko‘rsatishga o‘tyapti!

  •   DiMaX
  •  263
  •  19.09.2018 15:42

Nihoyat, Twitter postlarni to‘g‘ri tartibda ko‘rsatishga o‘tyapti!

Ommabop mikrobloglar tarmog‘i – Twitter endi postlarni to‘g‘ri, ya’ni xronologik tartibda aks ettirishga o‘tadi. Bu haqda servisning qo‘llab-quvvatlash xizmati jamoasi xabar bergan.

O‘QING: Snouden maslahatiga ko‘ra, Twitter’ga ham Telegram’ning muhim xususiyati tatbiq etiladi

Ayni damda esa Twitter yangiliklar tasmasida postlar «muhimligi bo‘yicha» aks ettirilib kelmoqda. Ushbu tartib 2016 yili joriy etilgan bo‘lib, muhimlik har bir foydalanuvchining qaysi akkauntlar va qanday tvitlarga ko‘proq qiziqishidan kelib chiqib belgilanadi.

Dasturchilarning so‘zlariga ko‘ra, ular yuzerlarning ushbu tartibi borasida ko‘plab salbiy munosabatlariga duch kelishgan va uni o‘zgartirishga qaror qilishgan. Yaqin haftalar ichida Twitter’da ushbu ikkita rejimdan birini tanlash, xohlagan payti biridan ikkinchisiga o‘tish imkoniyatlari test qilina boshlaydi.

Bundan tashqari, «Dastlab eng yaxshi tvitlarni ko‘rsatish» («Pokazivat snachala luchshiye tviti» – «Show me the best Tweets first») sozlamasi o‘chirib qo‘yilganida yangiliklar tasmasining aks etishi ham o‘zgaradi. Hozirda bunday holatda o‘tkazib yuborilgan tvitlar ko‘rsatiladi, bu esa ko‘pchilikka yoqmayapti. Servisdagi o‘zgarishlardan so‘ng ular ham bartaraf etilib, xronologik tartib amal qiladigan bo‘ladi.

O‘QING: AQSh sobiq agenti Twitter'ni sotib olmoqchi: maqsadi esa hayratomuz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!