Nike tanballar uchun maxsus krossovkani namoyish etdi

Nike tanballar uchun maxsus krossovkani namoyish etdi

Nike firmasining Nike HyperAdapt 1.0 krossovkasi boshqalaridan farq qiladi. Uni kiygach, iplarini bog‘lash shart emas. Oyoq kiyim bog‘ichni o‘lchamga qarab, avtomatik tarzda o‘zi bog‘laydi. Kompaniya mazkur super krossovkalarni 2016 yilning yakunida sotuvga chiqarishni rejalashtirmoqda, deb yozadi brendning rasmiy sayti.

Hammasini o‘zi bajaradi

Texnika mo‘’jizasi o‘rnatilgan mazkur model, biroz hajv bilan aytganda, tanbal va yalqovlar, shuningdek, yosh bolalar uchun ham ayni muddao. Krossovkada tikilgan elastik chiziqlar ip vazifasini o‘tagan. Mexanizm siz oyoq kiyimni kiyishingiz bilan avtomatik tarzda ishga tushib, iplari bog‘lanadi.

Dizaynerlar bu loyihada muhim musobaqalar chog‘ida sportchilar arzimagan narsalarga ovvora bo‘lib, vaqt sarflab yurmasliklari maqsadida mazkur texnologiyani qo‘llashga qaror qilishgan.

Krossovkalarni 2016 yilning so‘ngida 3 xil rangda sotib olish mumkin bo‘ladi. Ammo bunday imkoniyat faqat Nike+ klubi a’zolari uchun(firmaning rasmiy saytiga a’zo bo‘lish tekin).

Hozircha yangi oyoq kiyimning narxi ma’lum emas. Biroq oddiy krossovkalardan qimmat bo‘lishi aniq.

Krossovka haqidagi maxsus videorolikni

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.