Nikon yangi D3400 kamerasini taqdim etdi

Nikon yangi D3400 kamerasini taqdim etdi

Yaponiyaning Nikon kompaniyasi kuni-kecha qimmat bo‘lmagan va sohadagi boshlovchi fotograflarga mo‘ljallangan D3400 modelini taqdim etdi.

Kamera surat va videolarni smartfonga yuborish qulay bo‘lishi maqsadida Bluetooth texnologiyasi bilan ta’minlangan. Qurilmalar orasidagi ulanish SnapBridge xizmati orqali amalga oshiriladi. Hozircha faqat Android platformasi uchun chiqarilgan ilova mavjud, iOS ilovasi esa shu oyning oxirida ishlab chiqiladi.

Model 24.2 MPli CMOS sensori va EXPEED 4 protsessori bilan jihozlangan. Batareya sig‘imi o‘tmishdoshi D3300 modelinikidan deyarli ikki marta ko‘proq.

Model keyingi oydan boshlab sotuvga chiqariladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!