Nima sababdan monitor ishlamaydi?

Nima sababdan monitor ishlamaydi?

Nima sababdan monitor ishlamasligi mumkin? Bunday savollar aynan monitor bilan ko‘p uchraydi. Maqolada monitor ishlamasliginining sabablarini ko‘rsatib o‘taman. Bu sabablarni bartaraf etishni boshqa maqolaga qoldiraman. Bitta gap bor, agar sababi ma’lum bo‘lsa, ish faoliyati kompyuterga bog‘liq bo‘lmagan inson ham hech kimning yordamisiz bu muammoni yechishi mumkin.

Shu sababli, blogimda muammolar uchun alohida bo‘lim ochdim, bu bo‘limda faqat muammolarni berib boraman, muammolar yechimini esa, boshqa bir bo‘lim(qanday-qilib)da yozaman. Sayt foydalanuvchisi bu muammolarni bilsa, bizning maqolalarsiz ham o‘zi muammoni hal qilishi mumkin bo‘ladi.

Demak boshladik, quyidagi hollarda monitor ishlamasligi (ishlamadi degani umuman yonmadi) mumkin:

1. Monitorning yoqish-o‘chirish (POWER) tugmasi bosilmagan, ya’ni monitor yoqilmagan.

2. Monitorga elektr toki berilmagan, ya’ni monitor tokka ulanmagan, yoki ulangan, lekin rozetka ishlamaydi.

3. Elektr tokidan chiqqan sim monitorga yaxshi ulanmagan, esimda bu holat universitetda ko‘p bo‘lar edi. Talabalarning simga biroz tegib ketishi, monitorga ulangan elektr simini chiqarib yuborar edi.

4. Yana bir sababi, monitor noto‘g‘ri sozlangan. Bu sozlash bilan monitor videokartadan olgan signallarni ko‘rsata olmaydi.

5. Monitor ulangan videokarta nosoz yoki BIOS orqali o‘chirib qo‘yilgan. Bu hol ko‘pincha kompyuterda ikkita videokarta mavjud bo‘lsa sodir bo‘ladi.

6. Videokartaning drayveri yaxshi o‘rnatilmagan yoki nosoz drayver yoki nosoz videokarta qo‘yilgan.

7. Agar monitor BIOS’ni ko‘rsatsa va u yog‘iga o‘tmasa, sababi operatsion tizim nosoz.

8. Monitorning o‘zi nosoz, matritsalar buzilgan yoki monitorning elementlari ishdan chiqgan(fizik buzilish).

9. Monitorni o‘chirib yoquvchi tugmasi ishdan chiqgan.

10. Monitorning elektr yoki videokartaga ulanadigan simi uzilgan yoki katta tok hisobiga o‘z vazifasini bajara olmayapti.

11. Agar monitorning o‘z zastavkasi paydo bo‘lgan bo‘lsa, demak monitor ko‘rsatmasligining yana bir sababi, kompyuter bilan videokarta o‘rtasida aloqa yo‘q.

Yuqoridagi muammolarni yechishga harakat qilib ko‘ring, agar yecha olmasangiz, monitor ishlamasligi sabablarining yechimi nomli maqolani o‘qib chiqing.

Manba: ITportal.Uz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!