Niqob allaqachon yechilgan: yuz yillikning jumboqlari...

  •   Saroy
  •  2836
  •  17.09.2018 15:04

Niqob allaqachon yechilgan: yuz yillikning jumboqlari...

O‘tgan asrda insoniyatni o‘ylantirib kelgan ko‘plab buyuk sirlar, allaqachon unitildi.  Biri insonlar tomonidan o‘ylab topilgan bo‘lib chiqdi, boshqasining siri ochildi, uchinchisining esa,  masalan, Bermud uchburchagi zamonaviy navigatsii vositalari paydo bo‘lgach sensatsiya bo‘lmay qo‘ydi.

Yo‘qolgan Atlantida

Afsonaviy orol davlat Atlantida. Poseydonning jangari avlodlari, ilk bor Platonning  «Dialoglari»da  uchraydi. Rivoyatga ko‘ra,  orol Gerakl cho‘qqilarida joylashgan va zilzila tufayli suv tagiga cho‘kib ketgan. Undan nima qolgan? Faqat kemalar qatnoviga halaqit berayotgan suv tagidagi qoyalar.Tadqiqotchilar ikki yarim ming yildan buyon Atlantidani topishga urinishadi. Uni Atlantika okeanidan qidirishdi, Qora dengiz hatta Braziliyadan axtarishdi. 1872 yil fransiyalik arxiolog Vige afsanoviy orol Egey dengizidagi Santorin oroli degan taklifni ilgari surdi. Moskva Davlat Universiteti geologiya fakulteti professori  Nikolay Koronovskiy o‘zining “Yer, Meteoritlar, vulqonlar, zilzilalar” deb nomlagan kitobida ushbu versiyani qo‘llab quvvatlaydi.

Geologiya nuqtai nazaridan olib qaraganda Santorin qo‘shni orollar bilan birgalikda yarimdoira kalderani shakllantirgan, u stratovulqon konusi portlashi natijasida  paydo bo‘lgan. Koronovskiyning hisob kitobicha, vulqon balandligi bir kilometrga yetgan. Tog‘ tiktonik plitalar to‘qnashgan joyda shakllangan. Bu joy dunyoning eng faol seysmologik hududi hisoblanadi.Porodalarning otilib chiqish ketma-ketligiga qarab aytish mumkinki, vulqon o‘tgan davrlarda ham ko‘p bor otilgan. Eramizdan taxminan bir yarim ming yil avval u faollashgan. Yer osti silkinishi, lavaning oqib chiqishi, gazning otilishi tez-tez sodir bo‘lishi oqibatida odamlar orolni tark etishga majbur bo‘lishgan.

Magmatik uchog‘i joylashgan chuqurlikda yorilgan joyga dengiz suvi tushgan, magma qaynab ketgan va vulqonning ustki qismini ochib yuborgan. Kuchli zilzila to‘fon keltirib chiqargan, u bir necha yuz kilometrga cho‘zilgan Krit orolidagi rivojlangan sivilizatsiyani yer yuzidan yuvib yuborgan. Santorin cho‘qqisi bir necha metr qalinlikda  kul qatlamlari bilan qoplangan. Ushbu ulkan falokatning izlarini olimlar O‘rtayer dengizining barcha sohillaridan topishmoqda.

Qarg‘ish tekkan fir’avn

Bundan 4,5 ming yil  aval qurilgan Giza ehromi,  o‘zining o‘lchami, hayratlanarli darajada to‘g‘ri proporsiyasi, yorug‘lik tomon aniq mo‘ljallangani  bilan hali ham olimlarning aqlini shoshiradi. Buyuk Xeops ehromi shimol-janubni shunchalik aniq ko‘rsatadiki, o‘sha davrning me’morlari iqtidoriga tasonnalar aytishdan boshqa iloj yo‘q.Misr ehromlari qurilishining tayyorgarlik bosqichlari papiruslarda va  devorlarga o‘yib yozilgan yozuvlarda batafsil bayon qilingan, shunday bo‘lsa-da, bu dalillar odamlarning ko‘plab boshqa versiyalarni ham o‘ylab topishiga to‘sqinlik qila olmayapti — Yer yuzidagi barcha ulkan qurilishlarni bunyod etishga rahbarlik qilgan va o‘zlarini Xudo deb e’lon qilganlardan tortib o‘sha davrdagi sirli bilimlardan xabardor zodagonlar  yashagan sivilizatsiyasigacha.

Qadimshunoslarning fikricha, piramida quruvchilari osmonga mo‘ljal qilib, yulduzlar va quyoshdan foydalangan. Qadimgi Misrda oddiy taqvimni, quyosh soatini, gnomonilarni ( quyosh burchagini aniqlaydi), geometriya asoslarini bilishgan. Aylanani arqonda chiza olgan, suv to‘lqini yordamida gorizantalni aniqlashgan. Qadimgi misrliklar quyoshli teng kunni aniqlashgan, quyosh aniq sharq tomondan chiqishi va g‘arbga botishini bilishgan, kunning teng yarmida janubni ko‘rsata olgan.

Piramida poydevorini qo‘yish chilvir ipni tortishdan boshlangan. Ushbu marosimning unchalik batafsil yozilmagani shundan dalolat beradiki, u o‘zida sirli bilimlarni ifoda etgan. Bu bilimlardan faqat me’morlar, nufuzi baland zodagonlar va fir’avnlar xabardor bo‘lgan hamda ular ehrom poydevorini aniq mo‘ljan bilan qo‘ya olgan.Qarg‘ish tekkan fir’avnga kelsak, aslida unday fir’avn umuman bo‘lmagan. Buni jurnalistlarning o‘zi o‘ylab topgan. Gap shundaki, Shohlar vodiysida Tutanxamon qabrini  lord Karnarvon ochgan. Karnarvon o‘zining ekspeditsiya bo‘yicha yangiliklarini tarqatish uchun eksklyuziv huquqini «Tayms» nashriga beradi. Bu bilan, u boshqa ommaviy axborot vositalari vakillarining qahr-g‘azabini keltirgan.

Qarg‘ish tekkan, degan iboraning tarqalishiga esa lordning qabrni ochgandan keyin yarim yil o‘tib vafot etgani sabab bo‘lgan. U Qohirada paytida  pashsha chaqib yiringlab ketgan yarasini  ustara bilan kesib, sepsis (qonning zaharlanishi) dan vafot etadi.

Bermud uchburchagi

AQSh harbiy dengiz flotining beshta og‘ir bombordimonchi samolyoti 1945 yil 5 dekabrda Florida yarimoroli sohillarida mashq parvozlarini amalga oshirayotgan edi. Oqshom soat yettilarda ular bilan aloqa uzilib qoladi. Ularni qidirish uchun jo‘natilgan ikkita samolyotning biri ham g‘oyib bo‘ldi. Oqibatda oltita samolyotni ham topishnig imkoni bo‘lmadi.

Bu jumboq turli mish-mishlarni keltirib chiqardi, qolaversa 1918 yili AQShning yirik  «Siklop» kemasi uch yuz kishisi bilan yo‘qolib qolgandi.1965 yilda jurnalist Gaddiz oltita samolyot va bitta kema hamda boshqa yana ko‘plab suv transportlari g‘oyib bo‘lgan hududni Bermud uchburchagi deb atadi. Spilberg kinolarida  1977 yilda 19 zvena uchuvchilari uchar likoplardan chiqadi. Charlz Berlits o‘zining «Bermud uchburchagi siri» kitobida taxmin qilishicha, Sargass dengizi tubida Atlantida joylashgan, ularning odamlari kristall energiyasi yordamida kemalar va samolyotlarni o‘g‘irlaydi.

Yozuvchi va sobiq uchuvchi Larri Kushe Bermurd uchburchagida g‘oyib bo‘lgan samolyot va kemalarni sinchkovlik bilan o‘rgandi, AQSh dengiz floti hisobotlarini, ekipajlar bilan olib borilgan radiaaloqalarni o‘qib chiqdi va tadqiqot natijalarini “Bermud uchburchagi jumbog‘i fosh bo‘ldi”, degan kitobda bayon etdi, kitob 1975 yilda ilk bor nashr etildi.

Kushening aniqlashicha, aksariyat hodisalar Bermud uchburchagidan ming kilometr olisda ro‘y bergan va  barchasida ishonarli sabablar bor. Uning fikricha, ushbu jumboqning turgan bitgani tushunmovchilikdan iborat. Ushbu samolyotlar ekipaji marshrutdan adashib ketgan, kompas bilan muammo yuz bergan, Radioaloqa yomon bo‘lgan. Qorong‘i tushganda uchuvchilar mo‘ljalni yo‘qotishgan va suvga  qo‘nishga majbur bo‘lgan. O‘sha tunda kuchli to‘lqin ko‘tarilgan. Qidiruvga jo‘natilgan «Mariner» qutqaruvchi samolyoti ehtimol osmonda portlab ketgandir.Bermud uchburchagi xavfini oddiy sabablar bilan tushuntirmoqchi bo‘lishadi. Ularning biri, o‘ziyam eng keng tarqalgani shuki, suv tubidan metan gazi pufakchalari ko‘tarilgan bo‘lib, unda gaz gidratlari mavjud. Gaz suv zichligini pasaytiradi va kemalar pastga qulaydi. Samolyotlarga kelsak, agar suv tubidan tizillab otilib chiqayotgan metan gaz samolyotga yetib borsa uning dvigateli portlashi mumkin.

Ammo bu jumboqning tadqiq qilishga jiddiy qaragan olimlarning fikricha, ushbu gipoteza unchalik ishonchli emas. Gaz gidrati okean tubuda keng tarqalgan hodisa, shunday ekan uning otilib chiqishi faqat bir joyda ro‘y bermaydi.

AQSh Okeanshunoslik xizmati Bermud uchburchagi bo‘yicha maxsus tushuntirish e’lon qildi. Gap shundaki, Golfstrim atrofida iliq okean yuzasi oqimi joylashgan. Bu aynan AQShning sharqiy sohillaridagi  Sargass dengizi bo‘lib, bu yerda oqim qayrilib olish uchun soatiga 9 kilometrgacha  tezlashadi. Bu yerda turbalentlik hududi yuzaga keladi, to‘fon ko‘tariladi. Ko‘plab orollar ochilib qoladi. Yo‘ldosh aloqasi ixtiro qilingandan keyin, ob-havoni aniq bashoratlash ishlari taraqqiy etgach, sirli g‘oyib bo‘lishlar bu yerda boshqa kuzatilmadi.

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!