Nokia 5 va Nokia 3 Rossiyada sotuvga chiqdi

  •   DiMaX
  •  2234
  •  15.06.2017 18:20

Nokia 5 va Nokia 3 Rossiyada sotuvga chiqdi

Rossiya do‘konlarida Nokia 5 hamda Nokia 3 smartfonlarining savdosi rasman boshlandi. Nokia 6 esa shu oyning so‘nggi sanasida sotuvga chiqariladi, deya xabar beradi Hi-Tech Mail.Ru.

Xabarda aytilishicha, Nokia 5 uchun tavsiya etilgan chakana narx 12 990 rublni, Nokia 3 uchun esa – 9 990 rublni tashkil etmoqda. Nokia 6 bo‘lsa 30 iyun kuni, 15 990 rubl narxida savdoga chiqariladi.

Riteylerlarning guvohlik berishlaricha, Nokia smartfonlarining yangi turkumiga oldindan buyurtma berish hajmi 2017 yilgi o‘rta narx segmentidagi boshqa barcha smartfonlarga bo‘lgan talabdan oshib ketgan.

Shuningdek, oldindan berilayotgan buyurtmalarning dastlabki tahliliga ko‘ra, xaridorlar eng ko‘p Nokia 6 (hali savdoga qo‘yilmagan) modeliga qiziqish bildirishmoqda. Mijozlarning 52 foizi ayni shu gadjetga buyurtma berayotir. Undan keyingi o‘rinda Nokia 5 bo‘lsa, eng kam qiziqish bildirilayotgan telefon Nokia 3 bo‘lmoqda.

Xaridorlar ko‘proq qora rangli smartfonlarga buyurtma berishmoqda – 51 foiz. Mijozlarning 28 foizi esa ko‘k rangli devayslarni xarid qilish ishtiyoqidalar.

Eslatib o‘tamiz, Nokia’ning mazkur uchta va Nokia 8 modellari MWC 2017 ko‘rgazmasida taqdim etilgan edi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.